“O‘zbekistonda ovqatlanish odatlari bo‘yicha ommaviy tadqiqot o‘tkazish kerak” – Kopenhagen universitetidagi o‘zbek olimi
Daniyadagi o‘zbek tadqiqotchisi Bekzod Hakimov o‘zbekistonliklarning har biriga anketa berib, qanday ovqatlarni ni va qancha iste’mol qilayotganini kuzatib borish kerakligini aytadi. Olimning fikricha, qon, siydikdagi moddalar anketa asosida metabolik darajada o‘rganib borilsa, hozirgi kunda o‘zbekistonliklarda tez-tez uchraydigan xronologik kasalliklarning noaniq sabablari topilishi mumkin.
Yevropaning turli universitetlarida fudomika yo‘nalishi bo‘yicha tadqiqot olib borgan Bekzod Hakimov Kun.uz bilan suhbatda O‘zbekistonda fudomika bo‘yicha ommaviy skrining o‘tkazish kerak degan taklifni ilgari surdi. Olim bunday tadqiqotlar AQSh va Indoneziyada olib borilayotganini aytdi.
“Unda har bir odamga anketa beriladi va nima ovqat iste’mol qilayotgani, qancha iste’mol qilayotgani kuzatib boriladi. Va kuzatuvlar natijasi asosida qon, siydikdagi moddalar metabolik darajada o‘rganiladi. Tahlillar insonlar sog‘lig‘i bilan bog‘lanadi. Agar shunday katta izlanish olib borilsa, hozirgi kunda o‘zbekistonliklarda tez-tez uchraydigan xronologik kasalliklarning noaniq sabablari, negizi topilishiga katta yordam bo‘ladi”, – dedi Hakimov.
Shuningdek, olim Kopengagen universitetidagi pishirish jarayonida oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibi o‘zgarishi ustida talabalari olib borayotgan izlanish haqida ham gapirib berdi.
“Masalan, qozonkabob yog‘i qozonga solingandan toki ovqat pishgunga qadar yog‘dan namuna olib, zararli yog‘lar paydo bo‘lish dinamikasini o‘rganishyapti. Bu bo‘yicha izlanishning yakuniy natijalarini hali chiqarganimiz yo‘q. Lekin bir narsani aytish mumkinki, yuqori haroratda uzoq vaqt turgan yog‘da inson salomatligiga salbiy ta’sir qiluvchi moddalar miqdori bir necha barobar oshishi kuzatilyapti”, – dedi Hakimov. U Tadqiqotlar natijasini o‘rganishlar nihoyasiga yetganda e’lon qilishini qo‘shimcha qildi.
Bekzod Hakimov bilan to‘liq intervyuni bu yerda o‘qishingiz mumkin.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Yevropa uchta muammo iskanjasida qoldi - Rabbimov
Jahon | 21:00 / 31.03.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ispaniya kubogi. «Barselona» «Atletiko»ni yarimfinalda qoldirib ketdi. Finalda «El Klasiko» bo‘ladi
Sport | 02:38
-
NASA kosmik kemalarni himoyalovchi yangi texnologiyani sinovdan o‘tkazdi
Fan-texnika | 01:07
-
Atlantika okeanida 6,5 tonna kokain ortilgan suvosti kemasi to‘xtatib qolindi
Jahon | 00:35
-
Amazon TikTokʼni sotib olishga ariza berdi
Jahon | 23:40 / 02.04.2025
Mavzuga oid

08:38 / 01.04.2025
Sog‘lom umrni uzaytirishning to‘rt asosiy usuli aytildi

18:23 / 26.03.2025
Nega yog‘li ovqatlarni yaxshi ko‘ramiz?

09:33 / 13.02.2025
1,15 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan ovqatlanish maskani aniqlandi

20:05 / 22.12.2024