Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2024 yilning 1-çoragi böyiça davlat budjeti ijrosi töğrisidagi hisobotni e’lon qildi.

Unga köra, davlat budjeti daromadlari 52,6 trln sömni taşkil etib, 2023 yilning mos davriga nisbatan 5,3 trln sömga yoki 11,3 foizga oşdi.

2024 yilning 1-çorak yakunlari bilan davlat budjeti xarajatlari (davlat maqsadli jamğarmalariga ötkazilgan transfertlar bilan birga) 70 trln 339,6 mlrd sömni taşkil etib, 2023 yilning mos davriga nisbatan 11,3 trln sömga yoki 19,2 foizga ösdi.

Raqamlar 1-çorakda defitsit 17,7 trln söm bölganini körsatadi. Ötgan yilning mos davril defitsit 11,7 trln söm bölgan. 2022 yil 1-çoragida esa bu körsatkiç 1 trln söm edi.

2024 yilning 1-çoragida ijtimoiy soha xarajatlari uçun Davlat budjetidan 33 trln 919,7 mlrd söm yoki umumiy xarajatlarning 48,2 foizi miqdorida mablağ ajratilgan.