Dunyo aholisi 2023 yilda global isiş boşlanmasidan oldingi yillardan 26 kunga köproq anomal issiq kunlarni boşdan keçirgan. Bu haqda Climate Central, Qizil Xoç, Qizil Yarim Oy iqlim markazi va World Weather Attribution mutaxassislarining 28 maydagi tadqiqotida ma’lum qilingan.

Ötgan 12 oy harorat ölçaş boşlangandan beri eng issiq oylar böldi. Bunga asosiy sabab yonilğidan foydalaniş ekani aytilgan. Şuningdek, atrof-muhitni eng köp ifloslayotgan resurs ham yonilği. Dunyoning deyarli 80 foiz aholisi ötgan maydan beri kamida 31 kunlik noodatiy issiqni aynan inson faoliyati sabab his qilişgan, deyapti tadqiqotçilar. Iqlimni matematik modellaştirişdan foydalangan holda taxmin qilinişiça, insoniyat yerga ta’sir qilmaganda noodatiy issiq kunlar soni ança kam bölar edi.

Anomal jazirama kunlar soni geografik jihatdan farq qiladi. Bu ayrim joylarda 2-3 haftaga töğri kelsa, Kolumbiya, Ruanda va Indoneziyada 120 kungaça yetgan.

Hisobot mualliflari ma’lum bir lokatsiyadagi kunlarning haroratini tanlab olgan. Ularda harorat 1991 va 2020 yillar oraliğida qayd qilingan kunlik haroratning 90 foizidan oşib ketsa, yuqori darajada anomal deb qaralgan.

Hisobotda aytilişiça, örtaça amerikalik ötgan may oyidan beri iqlim özgarişi natijasida 39 kun şunday haroratni boşdan keçirgan. Agar inson faoliyati aralaşmaganda bu raqam 19 kunga kamayişi mumkin edi.

Issiq kunlar ayrim joylarda insonlar ölimi, infratuzilma va sanoatning buzilişiga olib kelgan. Tadqiqotçilar ötgan yil davomida Antarktidadan taşqaridagi qit’alarda qariyb 90 ta davlatda şunday holatni qayd etdi. 2023 yil bahorida Hindistonda, yozida Şimoliy Amerika, Yevropa va Şarqiy Osiyoda örmon yonğinlarini yomonlaştirgan va elektr tarmoqlarini işdan çiqaradigan harorat bölgan. Bu yil esa Afrikadan Yaqin Şarqgaça va Janubi-Şarqiy Osiyoda haddan taşqari isiş kutilyapti.