Joriy hafta ham doimgidek moliya bozorlari uchun muhim voqealarga boy bo‘ldi. Xususan, hafta davomida e’lon qilingan AQSh Yalpi ichki mahsuloti (YaIM) haqidagi ma’lumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, 1-chorakdagi o‘sish 1,3 foiz bo‘lgan. Bu prognozdan 0,3 foizga pastroq. Mazkur omil AQSh fond bozoriga salbiy ta’sir etdi va sotuvlarni kuchaytirib yubordi, chunki ushbu makroma’lumot iste’molchilar xarajatlari keskin kamayganidan dalolat beradi.
Jahon Insighs kanali ekspertlari 27 maydan 31 maygacha bo‘lgan davrda xalqaro moliya bozorida sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni tahlil qilib chiqdi.
AQSh top fond bozorlari indeksi:
- S&P500 – 5277 (hafta boshidan -0,51 foiz, yil boshidan +10, 64 foiz);
- NASDAQ – 18536 (hafta boshidan -1,44 foiz, yil boshidan +10,17 foiz);
- DJI – 38686 (hafta boshidan -0,98 foiz, yil boshidan +2,64 foiz).
Hisobot haftasida Dow Jones indeksi 383 punktga, NASDAQ 272 punktga va C&P500 27 punktga pasaydi.
Asosiy qimmatbaho metallar:
- Oltin – 2326 dollar (1 unsiyasi) hafta boshidan -0,29 foiz, yil boshidan +12,81 foiz;
- Kumush – 31,4 dollar (1 unsiyasi) hafta boshidan +0,14 foiz, yil boshidan +27,82 foiz;
- Alyuminiy – 2648 dollar (1 tonnasi) hafta boshidan +0,03 foiz, yil boshidan +11,21 foiz:
- Mis – 4,6 dollar (1 funti) hafta boshidan -2,64 foiz, yil boshidan +18,84 foiz.
Qimmatbaho metallar ham tebranuvchan va korreksiya haftasini boshdan kechirdi. Oltin va mis mos ravishda 6,78 dollar va 0,13 dollarga arzonlashgan bo‘lsa, alyuminiy va kumush 70 va 4 sentga ko‘tarildi.
Neft
- WTI – 77,12 dollar (hafta boshidan -0,82 foiz, yil boshidan +8,17 foiz);
- BRENT – 81,28 dollar (hafta boshidan -1,01 foiz, yil boshidan +5,5 foiz).
Hafta davomida neftning WTI markasi 64 sentga, BRENT esa 83 sentga arzonladi.
Valutalar
- USD/EUR: +0,01 foiz (yil boshidan -1, 72 foiz);
- CNY/USD: -0,01 foiz (yil boshidan +2,02 foiz);















