Yaponiyani Yaponiya qilganlar bugun qanday yaşayapti?
|01:00 / 03.06.202442 03721 min
20-asrning iqtisodiy möjizalaridan biri – Yaponiyada qisqa vaqtda erişilgan juda katta iqtisodiy yuksaliş. Yapon jamiyati bugungi farovonlikka kimlarning xizmatlari evaziga erişilganini yaxşi tuşungan holda, keksalarni parvarişlaşga katta e’tibor qaratadi. Ya’ni millatni oyoqqa turğizgan avlod – hozirgi avlodning e’zozida.
Kun.uz ijodiy jamoasi Yaponiyaga safari davomida eng keksa mamlakatdagi keksalar bilan işlaş tizimini örgandi.
Qadimiy an’analari va ilğor texnologiyalari bilan maşhur Yaponiyaga borsangiz, e’tiboringizni tortadigan eng birinçi jihatlardan biri – köçada, jamoat joylarida yoşi uluğ yaponlarning köpligi böladi.
Qariyalarning 65dan yoşdan tortib 90 yoşlilarigaça Tokioning markaziy köçalaridagi köplab dökon, kafe, stansiya, taksi, transport, mehmonxonalar va deyarli barça xizmat körsatiş şoxobçalarida mehnat qilayotganini körasiz. 94 yoşli onaxon “Makdonalds”da işlayotgani ham bizdan boşqa heç kimni ajablantirmayotgandek tuyuldi.
Oilaviy dorixonada işlayotgan 101 yoşli ayol va uning 85 yoşli öğli
Dorixonada sotuvçi bölib işlayotgan 101 yoşli Suzuki Tadako har kuni öz mijozlarini qarşi oladi. Uning közlarida bir asrlik donolik, harakatlarida esa xotirjamlik va işonç mujassam. Tadako uruşdan ança oldin, 1923 yildagi Buyuk Kanto zilzilasi vaqtida tuğilgan. Ikkinçi jahon uruşigaça yapon ayollarining uydan taşqarida işlaşi odatiy hol emas edi, ammo Tadako xonim, yetim qolgan farzandlarini yoniga olib, turmuş örtoğidan qolgan dorixona işini davom ettirdi.
Suzuki Tadako
Tabiiyki, bu onaxondan birinçi navbatda uzoq umr köriş siri nimada ekanini söradim.
“Men har doim tik turib işlayman, oyoqlarim doimiy harakatda böladi. Mijozlar bilan dildan suhbatlaşaman, bu esa ruhiy jihatdan menga katta yordam beradi, kayfiyatimni kötaradi. Eng muhimi, biz yaponlar 50 yoşdan ötgaç, yengil ovqatlanişga ötamiz. Masalan, yoğli va qizil göştli baliqlarni emas, balki oq göştli baliqlarni iste’mol qilamiz.
Turmuş örtoğimdan yoş beva qoldim. Farzandlarni öqitiş uçun kuçli bölişga, yolğiz bölişimga qaramasdan, ular uçun kötarinki kayfiyatda bölişga, pozitiv qaraşga örgandim. Töğrisini aytsam, men uzoq umr köriş uçun maxsus harakat qilmaganman, ammo fikrlarim doimiy ijobiy va kötarinki ruhda böladi. Bu, ehtimol, menga uzoq va baxtli hayot keçirişimga yordam bergandir”, – deydi u.
Mavzuga oid
Tadako xonim dorixonada 85 yoşli öğli Suzuki Tadaşi bilan birgalikda işlaydi.
“Atrofimizdagi dökonlarda yoşi katta keksalar köp işlaydi. Onamning yoniga kelib, suhbat qilib ötirişadi. Köpçiligining farzandlari boşqa şaharlarda işlaydi, şuning uçun ular ham zerikmaslik uçun özlarini mehnat bilan band qilişgan.
Zamon özgardi. Avvallari bir kasb atrofida oila a’zolari birdam bölib işlaşgan bölsa, hozir har bir inson özi sevgan kasbi bilan şuğullanadi.
Onam meni barvaqt dunyoga keltirgan. Singlim bilan katta qildi. Otamning kasbiga bizda mehr uyğotgan. Men Osaka universitetida dorişunoslik böyiça köp yillar dars berganman. Singlim ham şu sohada biz bilan işlaydi. Farmatsevtlar sulolasimiz deb ayta olaman, çunki mening farzandlarim ham biz bilan işlaydi”, – deydi suhbatdoşimiz.
Tadako-san bilan xayrlaşar ekanman, u menga Oşin seriali qahramonini eslatdi.
Qariyotgan Yaponiya
Hozirda jahonda 60 yoşdan katta bölgan qariyalar 700 million kişidan oşdi. Taxminlarga köra, 2050 yilga borib ularning soni 2 milliardga yetişi mumkin, bu esa dunyo aholisining 20 foizidan köproği qariyalardan iborat böladi degani. Tuğilişlar tobora kamayib borişi dunyo olimlarini xavotirga solayotgan katta muammolardan biri. Çunki bu rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotiga jiddiy negativ ta’sirini bermoqda.
Dunyoda eng qari mamlakat esa – Yaponiya. Hozir bu yerda qariyalar aholining 35 foizini taşkil etmoqda. Yoşlar sonining kamayişi tufayli, işlab çiqariş va sanoatda iş örinlari böş qolib, biznes egalari qariyalarni işga qabul qilişga majbur bölişmoqda.
Taniqli siyosatçi Akio Kavatoning aytişiça, agar bu muammoga yeçim topilmasa, yaponlar 200 yildan keyin millat sifatida yer yuzidan yöqolib ketişi mumkin.
Akio Kavato
Demografik inqiroz tufayli yuzaga kelayotgan muammolardan yana biri – qariyalarning ijtimoiy muhofazasi.
“Koreyşa şyakai” – “qariyalar jamiyati”ga aylanib borayotgan Yaponiyada, mehnat qilgan qariyalar keksalik çoğida davlatdan munosib yordam oladi. Buning uçun mamlakatda qariyb 14 mingga yaqin qariyalar uçun möljallangan uzoq va qisqa muddatli pansionatlar, reabilitatsion meditsina markazlari, hordiq çiqariş maskanlari mavjud. Bu soha Yaponiyada katta bir industriya hisoblanib, qariyalarni parvarişlaşda xususiy sektorning ham uluşi yuqori.
Qariyalar uyi
Tokioning markaziy qismida joylaşgan Vafukai meditsina korporatsiyasi aynan qariyalar uçun ixtisoslaşgan köp tarmoqli tibbiyot taşkiloti hisoblanadi. Bu taşkilotga qaraşli qariyalar uylari, pansionatlari, reabilitatsiya markazlari Tokioning turli burçaklaridagi qariyalarga xizmat körsatadi. Qariyalarning aksariyati bu yerga xuddi bolalar boğçalariga kelib-ketgandek har kuni qatnaşadi.
Bu yerda har bir kişi, ayniqsa, Suzuki-san kabi insonlar öz tengdoşlari bilan hamsuhbat böliş, turli qiziqarli maşğulotlar bilan şuğullaniş, soğlom ovqatlaniş, sifatli parvarişlovçi muolajalarni olib miriqib dam olib, keçga tomon oilasiga kuzatilib quyiladi. Ba’zilari bu yerda uzoq muddat yaşaydi.
94 yoşli Suzuki-san Parkinson kasalligi bilan kuraşayotgan bölsa-da, uning hayoti faollik va ijodkorlik bilan töla, u butun umr xizmat körsatiş sohasida işlab kelgan ekan, hozirda u Vafukai qariyalarni reabilitatsiya qiliş uyida bir neça oydan beri yaşab, sifatli xizmat olmoqda.
Onaxon har kuni özining mehribon hamşirasi bilan birga qöllarini harakatga keltiriş uçun turli maşğulotlar qiladi. Bu faoliyatlar nafaqat uning jismoniy holatiga yordam beradi, balki ruhiy holatini ham yaxşilaydi. Ular birgalikda töqiş, çiziş kabi ijodiy qöl mehnati bilan şuğullanişadi, bu esa Suzuki-sanning hayotiga rang va ma’no qöşadi.
Suzuki xonim bilan yaqinmiz. Farzandlari doimiy xabar olib turişsa-da, biz bir-birimizga boğlanib qolganmiz, – deydi hamşira Kaye Ono. – 23 yildan beri şu sohada işlayman. Qariyalar bilan muloqot qiliş, ularning hikoyalarini tinglaşni yaxşi körişim bunga sabab bölsa kerak. Har birining hikoyasi men uçun bir asar. Gaplaşsam, xuddi butun boşli kitob öqigandek bölaman”.
“Kasalligim menga hayotimda çeklovlar qöygan bölişi mumkin, – deydi Suzuki-san, – lekin har kuni qöllarim bilan yaratgan narsalarim orqali men özimni ifoda etişda davom etaman. Bu men uçun juda muhim, çunki har bir tugma, har bir çiziq menga hayotim davom etayotganini his qildiradi. Siz ham sezyapsizmi?”
Vafukay korporatsiyasi prezidenti Işida Nabuhikoning sözlariga köra, Yaponiyada birinçi qariyalar uylari paydo böla boşlaganda, jamiyatda bu joylarga ota-onalarni olib boriş uyat hisoblangan.
“Lekin mamlakat rivojlandi. Uylar şinam va kiçik-kiçik qurildi. Köpçilik yoşlar katta şaharlarga köçdi. Şu sabab katta oilalar bölina boşladi. Keksalar qişloqlarda boquvçisiz qoldi. Bir vaqtning özida qariyalarning soni ösa boşladi, tuğiliş esa keskin pasaydi. Qariyalarni parvarişlaş davr talabiga aylandi.
Işida Nabuhiko
Hozir bu yönalişda hukumat qariyalarni parvarişlaş uçun Kaygo suğurtasini joriy qilgan. Bu degani qariyalarning farzandi bor yoki yöqligidan, mehribon ekanligi yoki unday emasligidan qat’i nazar, pensiya yoşiga yetgan qariya davlat qaramoğiga ötadi, uning soğliğiga va yaşaş tarzi himoyaga olinadi. Şunday tizimli yölga qöyilgan.
Qariyalar uyida oddiy odamlar işlamaydi. Ularda sertifikat bölmasa, iş beruvçi ularni işga qabul qilişga haqqi yöq. “Kaygoşi”lar – parvarişlaş xodimlari qonunda belgilangan muddat ta’lim olib, imtihondan ötgandan keyingina qariya oldiga işga qöyiladi. Yaponiyada buning uçun köplab ta’lim muassasalari mavjud. Köpgina qariyalar pansionatlari kadrlarni özlari yetiştiradi. Biz kabi. Tokio böylab 13 ta turli reabilitatsiya markazlarimiz, kasalxonalarimiz va taşxis markazlarimiz va 2 ta öquv taşkilotimiz bor. Vafukai meditsina korporatsiyasida qariyb 1,5 ming kişi işlaydi. Şu jumladan çet elliklarni ham işga yollaymiz. Klinika va tibbiy reabilitatsiya markazlarimiz 2000ga yaqin öringa möljallangan. Vafukai mijozlarga yuqori sifat va har biriga alohida yondaşgan holda xizmat körsatadi. Ularning yaşaş şaroitlari premium standartiga moslaştirilgan”, – deydi Vafukay korporatsiyasi prezidenti.
Vafukai pansionati menejeri Ikeda-san bizni pansionat bilan taniştirdi. U bizga asosan xotirasi bilan muammo bölgan qariyalar yaşaydigan alohida qavatga olib çiqdi.
“Bu bölimda bemorlarimiz kamida 6 oydan 1 yilgaça bu yerda qolişadi. Ular şikastlanmasliklari uçun barça xavfsizlik çoralari körilgan. Bunday patsiyentlarning oldiga ortiqça narsa qöyiş mumkin emas. Ular doimiy nazoratdalar”, – deydi u.
Ikeda-san
– Demensiya bölgan qariyalar alohida nazoratga olinişadi, şundaymi?
– Alohida e’tibor qilinadi, desak töğri böladi. Oddiy kasallardan ularni ajratmaymiz. Ularni ommadan ajratmasdan parvarişlaş muhim. Şuning uçun ularga 1 emas, har biriga 2 tadan parvariş xodimi biriktiriladi.
– Keksalarning oila a’zolari qançada xabar olişadi?
– Koronavirus vaqtidagi çeklovlar olib taşlandi. Hozirda haftada 1-2 marta, ba’zilar kunora xabar olişadi. Kimlardir uyga özi borib keladi.
– Bitta hamşira bir kunda qança qariyaga xizmat körsatadi? Boquvçi xodimlar yetişmasligi bilan boğliq muammo bormi?
– Bir hamşira aslida 4-5 kişiga xizmat qiladi. Ammo xodimlarning yetişmasligi va qariyalar sonining köpligi bois, hozirça 8 tagaça ruxsat berilgan.
Yaponiyada qariyalarga hurmat nihoyatda baland. Hattoki ular hozir asosiy iste’molçi bölganligi bois, barça xizmat körsatiş ham ularning ehtiyojlaridan kelib çiqib taşkil qilinadi.
Qariyalarni parvarişlovçi hamşiralarga talab yuqori
Aholining qarişi Yaponiya iqtisodiyotiga katta bosim ötkazmoqda, çunki mamlakat keksalarga ijtimoiy xizmat körsatiş uçun ulkan mablağ sarflamoqda. Yaponiya soğliqni saqlaş va farovonlik vazirligi ma’lumotlariga köra, 2022 yilda bu sohaga qariyb 2 mln 200 ming qariya parvarişlovçi mutaxassislar jalb etilişiga qaramasdan, 2035 yilgaça yana qariyb 700 ming nafar kaigo hamşiralariga talab mavjud böladi. Yaponiya hukumati mehnat bozoridagi bu talabga xorijiy işçi kuçini jalb etiş orqali javob qilmoqçi.
Keyingi suhbatdoşimiz Vetnamdan jalb qilingan xodim, pansionatda hamşira yordamçisi bölib işlamoqda.
Vetnamlik hamşira
– Işingizdagi sizni eng qiynagan narsa nima böldi?
– Yapon tili.. biroz qiynalyapman.
– Işingiz yoqadimi?
– Ha, juda. Juda ham qiziqarli.
– Qança maoş olasiz? Oilangizga jönatişga imkon bölyaptimi?
– Qölimga 200 ming iyena tegadi (1270 dollar), hamma xarajatlardan taşqari. Oilamga yarmini jönataman.
– Kelajakda nima qilmoqçisiz?
– Yapon tilini örganib, yapon hamşirasi bölmoqçiman.
U Yaponiyaga keliş uçun 1,5 yil tayyorlanganini va til örganişdan boşlaganini aytdi. Çunki yapon tilini bilmasangiz, işga olişmaydi.
“Keksalarni parvarişlaş uçun Özbekistondan xodimlar yollamoqçimiz”
Ma’lumki, Özbekistonda keksalarni parvarişlaş sohasi şakllanib kelmoqda, lekin bilimlar maxsus ixtisoslaşmagan, professional yondaşuv yetişmaydi. Avvalroq Vafukay korporatsiyasi bu sohada Özbekiston bilan hamkorlik qilmoqçi ekanini bildirgan edi. Korporatsiya prezidenti Işida Nabuhiko biz bilan suhbatda bu borada işlar boşlanganini aytdi.
“Özbekistonda yapon tili va maxsus malaka markazi bilan qariyalar parvarişi böyiça kasbga tayyorlaş va kelajakda ularni Yaponiyaga olib kelib iş bilan ta’minlaş böyiça hamkorlikni boşladik. Yaponiyadagi reabilitatsiya markazlarimizda tajriba oşirişni istagan özbekistonliklarni işga qabul qilyapmiz. Çunki Yaponiyada qariyalarni parvarişlaş böyiça işçi xodimlarga bölgan talab yuqori. Hozirda Özbekistondagi markazlarda nomzodlarni öqitiş jarayonlari boşlangan. Şu bilan birga biz mamlakatdagi qariyalarni parvarişlaş va reabilitatsiya qiliş tizimi qançalik yölga qöyilganligi böyiça ham izlanişlar olib boryapmiz. Kelajakda Özbekistonga Yaponiya tajribasini olib kirişni reja qilyapmiz.
Qariyalar e’zozlangan joyda baraka va farovonlik böladi deyişadi yaponlar. Bu qadriyatlar Özbekistonda ham borligi meni quvontiradi. Özbekiston iqtisodiyoti tez sur’atlarda ösişi bilan bir qatorda, mamlakatingiz aholisi soni ham oşib bormoqda va, tabiiyki, qariyalar soni ham ortib boryapti. Nafaqaga çiqqan qariyalar davlat tomonidan munosib e’tiborga haqli. Buning uçun tizim yaratilişi kerak. Öylaymizki, klinikalarimizda tajriba orttirib kelgan özbek mutaxassislari kelajakda Özbekistonda ijtimoiy sohani rivojlantirişga munosib hissa qöşadilar”, – deydi Işida Nabuhiko.
Qariyalar parvarişi böyiça suğurta tizimi
Vafukai korporatsiyasi prezidentibizga Yaponiyaningqariyalar parvarişi böyiça suğurta tizimi – Kaygo Hoken haqida ham sözlab berdi. Bu tizim mamlakat ijtimoiy suğurta tizimining muhim qismi bölib, 2000 yili qariyalarga kundalik hayotda yordam beriş maqsadida joriy etilgan va qariyalarning hayotda mustaqil va barqaror yaşaşlarini ta’minlaşga qaratilgan.
Kaygo Hokenning asosiy jihatlari quyidagiça. Suğurta 65 yoşdan katta odamlarga, şuningdek, yoş bölsa-da, yoşga xos kasalliklar bilan oğriyotgan odamlarga möljallangan. Bu suğurtaga 40 yoşdan katta barça yapon fuqarosi kirişi majburiy qilib belgilangan. Tizim barça işlovçi fuqarolar tomonidan tölanadigan badallar, davlat subsidiyalari va mahalliy budjetlar hisobiga moliyalaştiriladi. Örtaça oylikdan 1-2 foiz (tölovçining yaşaş va iş haqqiga qarab) uşlab qolinadi, bu örtaça har 5000 iyendan 30-40 dollarni taşkil etadi.
Buning evaziga fuqaro pensiyaga çiqqanidan keyin uyda yoki pansionatda parvariş xizmatini olişi, maxsus reabilitatsiya markazlarida qisqa va yoki uzoq muddat yaşaşi, kundalik hayot uçun zarur bölgan qurilma va jihozlar bilan ta’minlanib boriladi. Davlat tomonidan.
“Har bir keksaning ehtiyojlari hokimiyat tomonidan tuzilgan maxsus komissiya tomonidan örganiladi va parvariş qiliş darajasi belgilanadi. Kimgadir kuniga 2 soat, kimdir esa 24 soat parvarişga muhtoj bölişi mumkin. Buning hammasini mutaxassislar baholab, yaqin atrofdagi qariyalar parvariş qiliş muassasalariga buyurtma beradilar.
Xizmat haqqining 10 foizini qariya, qolgan 90 foizini davlat qoplab beradi. Mahalliy hokimiyat organlari parvarişni boşqariş va muvofiqlaştirişda muhim rol öynaydi, şuningdek, fuqarolarni mavjud xizmatlar haqida xabardor qiliş va ularni olişga yordam beriş majburiyatiga ega.
Qariya parvarişi suğurtasini tölamaslik oqibatlari nimaga olib keladi, degan savolingizga kelsak, qarz yiğilişi natijasida pensiya fondiga qarz bölib qolişadi, vaqt ötişi bilan penya va jarimalar yiğiladi. Tölov qilmaslik kelajakdagi umumiy pensiya miqdori kamayişiga olib kelişi, pensiya olişdagi muammolar, hattoki huquqiy oqibatlarga va kredit tarixiga ta’sir qiluvçi salbiy oqibatlarga olib kelişi mumkin”, – deydi Işida Nabuhiko.
Uysiz qariyalar muammosi
Yaponiya öz budjetidan qariyalarni parvarişlaş va qolgan hayoti osuda ötişi uçun salmoqli mablağ sarflab, har qança imtiyoz yaratişga urinmasin, yordam keksalarning ma’lum qatlamini qamrab ololmayapti.
Sergavjum Tokio köçalarining soyasi va zamonaviy texnologiyalar orasida, Namba Motoxiko ismli keksa otaxon qoğoz kartonlar içida sevimli kitoblari bilan yaşaydi.
Namba Motoxiko
Bu keksa odam bir paytlar Yaponiyaning tez ösib borayotgan iqtisodiyotining bir qismi edi. Endi u – keksa uysizlardan biri, hayoti jamiyatning çetida qolgan.
– Sizga sovuq emasmi? Bu joyda qançadan beri yaşaysiz?
– Men hokkaydolikman. Bu yerda 4 yildan beri yaşayman.
– Hukumat tomonidan sizga yordam ajratilmaganmi? Nafaqa olmaysizmi?
– Butun umr vaqtinça işlarda işlaganman. Daromadimdan orttirib, pensiyaga vaqtida va muntazam tölov qilolmaganman. Hujjat işlariga biroz sabrim çidamasdi.
– Qanday qilib kun keçirasiz?
– Har kuni hokimiyat tarafidan bu yerdagi uysizlarga bepul yegulik, asosan non tarqatiladi. Issiq ovqat yemaganimga ança böldi. Ba’zan makulatura, plastik butilkalar yiğib, ozgina daromad qilaman, lekin bu ijaraga uy tutişimga yetarli emas.
– Oilangiz bormi? Farzandlaringiz?
– Oilam yöq, ajraşganman. Farzandim bölmagan.
Namba Motoxiko misoli – Yaponiya duç kelayotgan muammolardan birini körsatib turibdi, yuqori yaşaş xarajatlari, nafaqa olişdan mahrum keksalarga ijtimoiy qöllab-quvvatlovning yöqligi.
Akio Kavato
Yaponiyaning Özbekistondagi sobiq elçisi Akio Kavatoning sözlariga köra, hukumat uysiz keksalarni jamiyatga qaytariş ustida işlamoqda.
“Uysiz keksalar – hozirda yapon jamiyatining hal qilolmayotgan muammolaridan biri. Jamiyatimizning qarib borişi esa bu muammoni yana ham muşkullaştirmoqda.
Soha vakillari hozirda hukumatga ularni ham ijtimoiy izolyatsiyadan çiqariş böyiça turli takliflarni berişyapti, inklyuziv tarzda ularga ham parvarişlaş xizmati körsatiladi degan umiddaman”, – deydi diplomat.
Yaponlarninguzoq umr köriş siri nimada?
Dorixonaçi Tadako xonimga bergan bu savolimizni Vafukai korporatsiyasi prezidenti Işida Nabuhikoga ham berdik. U yaponlarning örtaça umr köriş davomiyligi böyiça dunyoda yetakçi ekanini izohlovçi bir qator omillarni sanab ötdi.
“Yapon oşxonasi soğlom ingrediyentlarga boy. Ular köproq dengiz mahsulotlari, sabzavotlar, tofu va boşqa soya mahsulotlarini iste’mol qiladilar, bu esa parhezlarining past kaloriyali va yuqori oqsilli bölişini ta’minlaydi. Şuningdek, yaponlar öz taomlariga kamroq qöşimça şakar va yoğ qöşadilar.
Şuningdek, muntazam jismoniy faollik. Yaponiyada kundalik hayotning bir qismi sifatida jismonan faol böliş muhimdir. Masalan, köplab yaponlar işga yurib yoki velosipedda boradilar, bu ularning jismoniy holatini yaxşi saqlaşga yordam beradi.
Yana bir sabablardan biri bu Yapon madaniyatida oila va döstlik aloqalari çuqur qadrlanadi. Kuçli ijtimoiy tarmoqlar va jamoatçilik hissi ularning ruhiy va jismoniy salomatligiga ijobiy ta’sir körsatadi.
Yaponlar asabni asraşadi. Stress bilan kuraşişning turli usullarini, jumladan meditatsiya, onsen (issiq buloq hammomlari) va boşqalarni qöllaydilar. Bu ularga stressni samarali boşqarişga va umumiy salomatlikni saqlaşga yordam beradi.
Eng asosiysi, tibbiy körikdan yilda ikki marta ötiladi. Yaponiyada soğliqni saqlaş tizimi yuqori darajada rivojlangan va aholining keng qatlamiga xizmat körsatadi. Bu yuqori sifatli tibbiy parvarişga oson kirişni ta’minlaydi.
Uzoq umr köriş Yaponiyada madaniyat darajasiga kötarilgan. Bu nafaqat soğliqni saqlaş masalasi, balki madaniy qadriyat hisoblanadi. Katta yoşdagi insonlarni hurmat qiliş va ularga ğamxörlik qiliş madaniyati yapon jamiyatining ajralmas qismidir”, – deydi u.
Bugun Vafukaining devorlari orqasidagi keksa yuraklar, yana bir kunlik mehr va e’tibordan bahra olib, uyga qaytişga hozirlanişyapti. Hamşiralarga sönggi bor xayrlaşayotgandek sözlarini aytayotgan keksalar, barçamizning qalblarimizni tölqinlantirdi. Kim biladi ertaga ularning hammasi ham qaytib kela olarmikin?..
Keçqurun, har bir kişi öz xonadoniga qaytar ekan, pansionat ertangi yangi kun uçun eşiklarini oçiq qoldiradi. Zerobu yerda keksalarga xizmat qilayotgan har bir xodim ularning ötmişi haqidagi şaxsiy hikoyalari tinglovçisi, bugunining faol iştirokçisi va ertangi kuniga umid baxş etuvçi sifatida yana kutib qoladi.