Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burxonov AQŞ prezidenti Jo Bayden e’lon qilgan Ğazo sektorida öt oçişni töxtatiş rejasiga Özbekiston TIVning munosabati qandayligi haqidagi savolga javob qaytardi. U Özbekiston mojarolarni faqat tinç yöl va barça mavjud diplomatik vositalar yordamida hal qiliş tarafdori ekanini ta’kidlagan.

«Biz Ğazo sektorida tinç aholi, ayniqsa ayollar va bolalar qurbonlari bölgan töqnaşuvlarni diqqat bilan kuzatmoqdamiz. Bu holat bizni çuqur xavotirga solmoqda.

Özbekiston mojarolarni faqat tinç yöl va barça mavjud diplomatik vositalar yordamida hal qiliş tarafdori.

Şu munosabat bilan inqirozni tinç yöl bilan hal qiliş böyiça xalqaro sa’y-harakatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Biz barça mamlakatlarning harakatlarini, jumladan, AQŞning öt oçişni töxtatiş, garovga olinganlarni ozod qiliş va tinç hayotni tiklaş böyiça taşabbusini olqişlaymiz», — degan vazirlik vakili.

Vazirlik barça tomonlarni vazminlikka, xalqaro huquqni hurmat qilişga, zöravonlikni oldini olişga va tinç aholi orasida qurbonlar sonining yanada köpayişiga yöl qöymaslikka çaqiradi. 

  • Iyun boşlarida Isroil AQŞ prezidenti Jo Bayden tomonidan taklif etilgan uruşni tugatiş va Ğazo sektoridagi mojaroni hal etiş rejasini qabul qildi. Reja vaziyatni yumşatişning uç bosqiçi, asosan, doimiy sulh va Isroilning Falastin hududidan çiqib ketişini öz içiga oladi. Rejaga köra, birinçi bosqiç olti hafta davom etişi kerak. Unda töliq va yakuniy öt oçişni töxtatiş, Isroil qöşinlarining Ğazo sektoridagi aholi punktlaridan olib çiqib ketilişi va yuzlab falastinlik mahbuslarni ozod qiliş evaziga bir qator isroillik garovga olinganlarni qaytariş kiradi. Ikkinçi bosqiç harbiy harakatlarni yakuniy töxtatiş va Isroil qöşinlarini Ğazo sektoridan olib çiqib ketişni öz içiga oladi. Bundan taşqari, bu bosqiçda qolgan barça garovga olinganlar Isroilga qaytarilişi kerak. Nihoyat, uçinçi bosqiçda AQŞ va xalqaro hamjamiyat kömagida mintaqani keng kölamli qayta quriş rejasi boşlanadi, bu esa 3-5 yil davom etadi. HAMAS tomonidan öldirilganlarning jasad qoldiqlari isroillik oilalarga qaytarilişi kerak.
  • Hamas harakati öt oçişni töxtatiş va Isroil qöşinlarini Ğazodan olib çiqib ketiş taklifini olqişlaşini bildirgan.
  • Isroil Baydenning rejasini qayta işlaş şarti bilan qabul qilişga tayyorligini ma’lum qilgan.