Prezident Şavkat Mirziyoyev 5 iyun kuni Jahon savdo taşkiloti (JST) boş direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uçraşdi. 

Uçraşuvda Özbekistonning JST a’zosi bölişi borasida körilayotgan amaliy çora-tadbirlar muhokama qilindi. 

Qisqa muddat içida Işçi guruhning ikkita yiğilişi ötkazilgani, a’zo mamlakatlar bilan faol muzokaralar olib borilayotgani, qişloq xöjaligini qöllab-quvvatlaş şartlari muhokama qilina boşlangani va milliy qonunçilikni taşkilotning me’yor va qoidalariga muvofiqlaştiriş işlari davom etayotgani ta’kidlandi. 

Şuningdek, «yaşil» iqtisodiyotni rivojlantiriş, elektron savdo va raqamli xizmatlar eksportini oşiriş sohasida hamkorlikni yölga qöyiş muhimligi aytildi. 

Xalqaro savdoni tartibga soliş masalalari böyiça özbekistonlik ekspertlarning salohiyatini oşirişga alohida e’tibor qaratildi. Şu ma’noda, JST kömagi bilan Özbekistonda Savdo siyosati böyiça kompetensiya markazini taşkil etiş taklif etildi.

Davlat rahbari JST boş direktorini Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining faxriy doktori unvoni berilgani bilan tabrikladi. 

Uçraşuv yakunida Ngozi Okonjo-Iveala Özbekistonning taşkilotga a’zo böliş yölidagi sa’y-harakatlarini qöllab-quvvatlaşini bildirgani ta’kidlanmoqda. 

Şu bilan birga, prezident yordamçisi Saida Mirziyoyeva ham Ngozi Okonjo-Iveala bilan uçraşdi. 

«Suhbat çoğida Özbekistonning JSTga qöşilişi – prezidentimiz uçun öta muhim ustuvor masala ekaniga alohida e’tibor qaratildi. Ngozi Okonjo-Iveala mamlakatimizda olib borilayotgan işlarni yuksak baholab, Jahon savdo taşkilotiga qöşiliş yölidagi harakatlarimizni töla qöllab-quvvatlaşini bildirdi», deb yozdi Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqda.