Prezident Şavkat Mirziyoyev 4 iyun kuni Özbekiston-Saudiya Işbilarmonlar kengaşi hamraisi, «ACWA Power» kompaniyasi boşqaruvi raisi Muhammad Abunayyan bilan uçraşdi. 

Saudiya Arabistoni kompaniyalari bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari, şu jumladan qöşma investitsiya loyihalari körib çiqildi. 

Davlat rahbari «ACWA Power» bilan samarali şeriklik olib borilayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladi. Uşbu kompaniyaning mamlakatimiz energetika tarmoğini «yaşil» texnologiyalar asosida modernizatsiya qilişdagi yetakçi örni qayd etildi. 

Bugungi kunda joriy va istiqbolli loyihalar portfeli 17 milliard dollardan oşdi. 

Işbilarmonlar kengaşi faoliyati doirasida Saudiyadan yangi kompaniyalarni mamlakatimizga jalb qiliş böyiça faol işlarni davom ettiriş muhimligi ta’kidlandi. 

Aeroportlar infratuzilmasini rivojlantiriş, energetika tarmoğini rivojlantiriş va raqamlaştiriş, issiqlik ta’minoti tarmoqlarini modernizatsiya qiliş, çiqindilarni qayta işlaş, farmatsevtika va töqimaçilik mahsulotlarini işlab çiqariş, tibbiy klinikalar oçiş, turizm markazlarini taşkil etiş, qişloq xöjaligi loyihalarini ilgari suriş va boşqa yönalişlarga doir qöşma loyihalarni jadallaştiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.