Prezident «Manfaatlar töqnaşuvi töğrisida»gi qonunni imzoladi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 6 oy ötgaç kuçga kiradi.
Qonun davlat organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamğarmalariga, şuningdek, ustav fondida davlat uluşi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bölgan aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan tatbiq etiladi, deyiladi xabarda.
Unga davlat organining yoki boşqa taşkilotning xodimi, manfaatlar töqnaşuvi, manfaatlar töqnaşuvini tartibga soliş böyiça maxsus bölinma, şaxsiy manfaatdorlik, yaqin qarindoşlar kabi asosiy tuşunçalar kiritilgan.
Quyidagi şaxslar davlat organining yoki boşqa taşkilotning xodimiga aloqador şaxslar deb e’tirof etiladi:
- davlat organi yoki boşqa taşkilot xodimining yaqin qarindoşlari;
- davlat organining yoki boşqa taşkilotning xodimi va (yoki) uning yaqin qarindoşlari qaysi yuridik şaxsning ustav fondi aksiyalariga yoki uluşlariga egalik qilsa, öşa yuridik şaxs;
- ular qaysi yuridik şaxsda boşqaruv organining rahbari yoki a’zosi bölsa, öşa yuridik şaxs.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi manfaatlar töqnaşuvi bilan boğliq munosabatlarni tartibga soliş sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Davlat organi yoki boşqa taşkilot xodimi tomonidan qonun talablariga rioya etilişi ustidan nazorat uşbu davlat organida yoki boşqa taşkilotda tuzilgan odob-axloq komissiyasi tomonidan amalga oşiriladi.
Qonunga köra, manfaatlar töqnaşuvi töğrisidagi axborotni oşkor etiş davlat organining yoki boşqa taşkilotning xodimi tomonidan mavjud manfaatlar töqnaşuvi töğrisida xabarnoma hamda ehtimoliy manfaatlar töqnaşuvi töğrisida deklaratsiya taqdim etiş orqali amalga oşiriladi.
Ehtimoliy manfaatlar töqnaşuvi töğrisidagi deklaratsiyada quyidagi ma’lumotlar körsatilişi kerak:
- davlat organi yoki boşqa taşkilot xodimining lavozimi hamda uning familiyasi, ismi, otasining ismi, şuningdek uning jismoniy şaxsning şaxsiy identifikatsiya raqami (JŞŞIR);
- davlat organi yoki boşqa taşkilot xodimi yaqin qarindoşlarining familiyasi, ismi va otasining ismi, ularning jismoniy şaxsning şaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud bölgan taqdirda), şuningdek iş joyi va lavozimi;


















