Markaziy bank Özbekistonning xalqaro valuta zaxiralariga oid ma’lumotlarni yangiladi. Unga köra, 1 iyun holatiga, Özbekistonning rasmiy zaxiralari 36,6 mlrd dollarni taşkil qildi.
May oyi davomida oltin zaxiralarining qiymati 26,53 mlrd dollardan 26,81 mlrd dollargaça oşgan. Öz navbatida oltinning fizik hajmi 11,5 mln troya unsiyadan 11,4 mln troya unsiyagaça qisqargan.
Şuningdek, xorijiy valuta zaxiralari qiymati 8,02 mlrd dollardan 9,26 mlrd dollargaça oşgan. Zaxiralar tarkibida oçiq ma’lumotlar tarixida birinçi marta 35 mln dollarlik qimmatli qoğozlar paydo bölgan.
Hisobot davrida Özbekistonning xalqaro zaxiralari umumiy hisobda qariyb 1,52 mlrd dollarga köpaygan.
Avvalroq, joriy yil birinçi çoragida oltin eksporti 10,5 foizga oşib, 2,66 mlrd dollarga yetgani xabar qilingandi. Bu mamlakat umumiy eksportining 41,7 foizini taşkil qilgan.
Oltin-valuta zaxiralari nima uçun kerak?
Har bir mamlakatning oltin-valuta zaxiralari öziga xos suğurtadir. U davlatning milliy iqtisodiyotini ehtimoliy makroiqtisodiy xatarlardan himoya qiladi. Şu bois oltin-valuta zaxiralari qator talablarga javob berişi lozim. Masalan, undan har qanday sohada foydalaniş imkoniyati bölişi kerak. Oltin-valuta zaxiralari oson joylaştirilişi va oson olinişi darkor.
Mamlakatlarning oltin-valuta zaxiralaridan quyidagi maqsadlarda foydalanilişi mumkin:
- tölov va savdo balansidagi defitsitni bartaraf etiş uçun;
- inflatsiyani uşlab turiş, milliy valutani moliya bozorida qöllab-quvvatlaşga valuta sotib oliş uçun;
- davlatning taşqi qarzlarini tölaş uçun;
- davlatlar örtasidagi hisob-kitoblarni amalga oşiriş uçun.
Oltin-valuta zaxiralari asosan qimmatbaho metallardan (quyma oltin, platina, palladiy, kumuş), davlatlararo miqyosda zaxira valutasi sifatida tan olingan xorijiy pul vositalaridan (AQŞ dollari, yevro, şveysar franki, yapon iyenasi, funt-sterling) va Xalqaro valuta jamğarmasi çiqaradigan naqdsiz pul birliklaridan taşkil topadi.
Davlatning oltin-valuta zaxiralari miqdori uning iqtisodiyoti va moliyaviy tizimi holatidan darak beradi, davlatlararo majburiyatlar böyiça tölovlarning öz vaqtida amalga oşirilişini kafolatlaydi. Xalqaro taşkilotlar tavsiyalariga köra, rivojlanayotgan davlatlar uçun zaxiralar kamida 3 oylik importni qoplaşi kerak.

















