2024 yil 10 iyundan yangi “Mening boğim” loyihasi boşlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Unga köra jarayon 3 ta bosqiçda ötkaziladi:
• Taklif kiritiş (10 iyundan – 20 iyungaça);
• Saralaş (20 iyundan – 23 iyungaça);
• Ovoz beriş (23 iyundan – 3 iyulgaça).
“Mening boğim” loyihasi haqida
Vazirlar Mahkamasining tegişli qaroriga köra, “Yaşil makon” umummilliy loyihasini amalga oşirişda respublika budjetidan har yili ajratiladigan mablağlarning kamida 50 foizi “yaşil boğ” va “yaşil jamoat parklari”ni taşkil qiliş uçun “Oçiq budjet” axborot portali orqali jamoatçilik fikri asosida işlab çiqilgan “Mening boğim” loyihalarini moliyalaştirişga yönaltiriladi.
Bunda “yaşil boğ” va “yaşil jamoat parklari”ni taşkil qiliş böyiça yer maydoni manzili va rasmlari körsatilgan holda, qiymati 250 mln sömdan oşmagan taşabbus bildiriladi.
Ajratiladigan mablağlar miqdoriga loyiha-smeta hujjatlari asosida aniqlik kiritiladi. Aniqlik kiritilgan miqdordan oşgan taqdirda loyihaga boşqa loyihalarda iqtisod qilingan mablağlar ajratiladi. Şuningdek, loyihalarga viloyatlar va poytaxt kengaşlarining qarorlari asosida mahalliy budjetlarning qöşimça mablağlari sarflanadi.
Hujjat bilan jamoatçilik fikri asosida işlab çiqilgan "Mening boğim" loyihalarini şakllantiriş va moliyalaştiriş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni nazarda tutadi:
• “Mening boğim” loyihalarini moliyalaştiriş tartibi;
• loyihalarni şakllantiriş, saralab oliş va ğoliblarni aniqlaş;
• ğolib loyihalarni moliyalaştiriş va amalga oşiriş;
• hisobdorlik va oçiqlikni ta’minlaş;
• javobgarlik va loyihalarni amalga oşiriş ustidan nazorat.
Şuningdek, 2024 yil uçun, 2025 yildan boşlab esa har yili dekabr oyida “yaşil boğ” hamda “yaşil jamoat parki”ni taşkil etiş uçun belgilangan tartibda yer maydonlari ajratiladi.

















