Yevropa Ittifoqining Özbekistondagi delegatsiyasi rahbari örinbosari Mindaugas Kaçerauskis Kun.uz'ga bergan intervyusida Şengen vizasi uçun arizaçiga rad javobi berilişining eng köp uçraydigan sabablarini sanab ötdi. Uning sözlariga köra, vizani oliş uçun Şengen zonaga kiruvçi davlatlarni “osonroq” yoki “qiyinroq” deb ajratib bölmaydi, çunki barça konsulliklar yagona qoidalar asosida faoliyat yuritadi.
Yevropa komissiyasi Şengen vizasi böyiça statistik ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga köra, 2023 yilda Özbekiston fuqarolari Şengen vizasini sörab 46 503 ta ariza bergan bölsa, şundan 38 333 ta holatda arizaçi vizani qölga kiritgan, 16,5 foiz holatda esa rad javobini olgan.
Kun.uz bu mavzudagi savollar bilan Yevropa Ittifoqining Özbekistondagi delegatsiyasi rahbari örinbosari, Mahalliy Şengen hamkorligi raisi Mindaugas Kaçerauskis bilan suhbat taşkil etdi.
YeI rasmiysining sözlariga köra, Özbekistonda Şengen vizasi uçun topşirilayotgan arizalar soni oşib bormoqda. Bu körsatkiç allaqaçon pandemiyadan avvalgi darajaga yetgan. Olingan rad javoblarining asosiy sababi esa – arizaçilarning hujjatlarni töliq topşirmagani, yolğon ma’lumotlarni taqdim etgani yoki notöğri davlat elçixonasiga murojaat qilganiga borib taqaladi.
Rad etişlar soni Özbekistonga qaraganda Qozoğistonda kamroq, lekin Özbekistonning “natijalari” Markaziy Osiyoning qolgan uçta respublikasiga qaraganda yaxşiroq.
Mindaugas Kaçerauskis viza söroviga javob berilişida qaysi omillar çuqurroq tahlil qilinişi haqidagi savolga javob berdi. Uning ta’kidlaşiça, har bir ariza beruvçiga individual yondaşiladi. Lekin viza berişdagi tamoyillar umumiy va bu Şengen viza kodeksida belgilab qöyilgan. Bundan taşqari, ittifoq va Şengen zonaga kiruvçi davlatlar elçixonalariga topşiriladigan hujjatlar ham deyarli bir xil. Olingan radlarning sababini viza beruvçi davlatlar kesimida tahlil qiliş – ma’nosiz, çunki rad etilganlikning sababi hujjatlarning yetişmovçiligida, kamligida yoki taqiqlar borligida.
“Masalan, arizaçi uçun Şengen axborot tizimiga kiritiş böyiça taqiq yöqmi, fuqaro a’zo davlatlarning jamoat tartibiga, içki xavfsizligiga, soğliğiga yoki xalqaro doiradagi aloqalariga tahdid solmaydimi? Bu faktorlar alohida örganiladi. Yana bitta eng asosiy omil esa yetarli yaşaş şaroiti va imkoniga ega böliş. Bu juda muhim”, – deydi Kaçerauskis.















