Prezident Şavkat Mirziyoyev huzurida Turkiya va Saudiya Arabistoni bilan iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik böyiça kelgusi rejalar körib çiqildi.
Yiğilişda savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantiriş borasida köriladigan çora-tadbirlar yuzasidan axborot berildi.
Turkiya tajribasi asosida toğ-adirlarni özlaştiriş böyiça “yöl xaritasi”ni işlab çiqiş hamda qişloq xöjaligini suğurtalaş tizimini joriy qiliş, xalqaro standartlarga mos özbek-turk Uruğçilik test markazini oçiş möljallangan.

Ikki mamlakat örtasidagi imtiyozli savdo bitimi doirasida mahsulotlar röyxatini kengaytiriş, töqimaçilik, çarm-poyabzal, elektrotexnika, hunarmandçilik mahsulotlariga tarif va boj stavkalarini kamaytiriş, Istanbul şahrida Özbekistonning savdo vakolatxonasini oçiş rejalaştirilgan.
Prezident Turkiyaning yirik kompaniyalari bilan istiqbolli loyihalar portfelini şakllantiriş, hududlararo hamkorlikni rivojlantiriş böyiça qöşimça körsatmalar berdi.

















