Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi birinçi öqişda xorijiy davlatlar organlari tomonidan taşkil etilgan xorijiy va xalqaro taşkilotlarni «nomaqbul» deb tan olişga imkon beradigan qonun loyihalari töplamini qabul qildi. Bu haqdagi xabar 11 iyun, seşanba kuni Davlat dumasi saytida e’lon qilindi.
Hozirga qadar Rossiya Federatsiyasida «nomaqbullar» röyxatiga faqat nodavlat notijorat taşkilotlari (NNT) kiritilişi mumkin edi. Şu tariqa, agar yangi tuzatişlar ikkinçi va uçinçi öqişda qabul qilinsa, Rossiya Federatsiyasi hududidagi har qanday xorijiy taşkilot «nomaqbul» deb hisoblanişi mumkin.
«Nomaqbul taşkilotlar» maqomi Rossiya qonunçiligida 2015 yildan beri qonuniy ravişda mavjud. Uşbu röyxatga kiritilgan NNTning Rossiya Federatsiyasi hududida faoliyat yuritişi taqiqlanadi, ular ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilişi mumkin. Uşbu taşkilotlar bilan hamkorlik qilganlik uçun ma’muriy va jinoiy javobgarlik ham nazarda tutilgan. Jami 166 ta taşkilot «nomaqbullar» röyxatga kiritilgan.

















