“Mening boğim”ga qanday qilib taklif qoldiriladi?

Habibullo Hamidov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bölim boşliği:

— Fuqarolarimizni budjet mablağlarining sarflanişi jarayonlarida özlarining ijtimoiy-iqtisodiy takliflarini qondiriş maqsadida “Mening boğim” loyihasi joriy etildi. Prezidentning 199-sonli farmoniga asosan “Yaşil makon” umummilliy harakatini takomillaştiriş yuzasidan farmoni imzolandi. Bunga köra, Vazirlar Mahkamasining 156-sonli qarori tasdiqlandi. Unga muvofiq, “Yaşil makon” harakati doirasida davlat budjetidan ajratilgan mablağlarning 50 foizi aynan “Oçiq budjet” portali orqali keng jamoatçilik iştirokida sarflanişi belgilab ötildi. Şu loyihaga joriy yilning 10 iyunidan start berildi.

Bu jarayonlar 3 bosqiçda taşkil etiladi. “Mening boğim” “Taşabbusli budjet” jarayonlari bilan bir xil taşkil qilinadi. Dastlabki 10 kun, ya’ni 10 iyundan 20 iyungaça takliflar qabul qilinadi. Ammo bildirilayotgan takliflar biroz “Taşabbusli budjet”dan farq qiladi. “Taşabbusli budjet”da fuqarolar taşabbus mazmunini özlari kiritgan bölsa, “Mening boğim”da Ekologiya vazirligi tomonidan 1000 dan oşiq hududlar tanlangan. Bu yerda fuqarolar yaşil zonalarni taşkil etiş va belgilangan manzillarga manzarali daraxtlar ekiş takliflarini ilgari surişlari mumkin. Taqdim etilgan 1000 dan ortiq lokatsiyalar portalga joylaştirilgan, bu berilgan takliflar moderatsiya jarayonlarida rad etilmasligiga yordam beradi. Ayrim fuqarolar tomonidan ma’lum hududlarda yaşil boğlar taşkil qiliş takliflari bildirilganda bu aynan öşa manzil boşqa fuqaroga tegişli yoki boşqa fuqaroning tomorqasi, yo biror korxonaga tegişli böladigan bölsa, şu taklif moderatsiya jarayonida rad etilişi tayin. Şuning uçun belgilangan lokatsiyalar böyiça takliflar kiritiladi.

Yaşil parklar uçun hududlar qanday tanlanadi?

Ölmas Sobirov. Ekologiya, atrof-muhitni himoya qiliş va iqlim özgarişi vazirligi mas’ul xodimi:

— Har bir tuman şaharda ekologik muhit yaratiş uçun yaşil boğlar, yaşil parklar va jamoat boğlari bölişi kerak. Yer bilan boğliq masalalarni mahalliy hokimliklar har yili dekabr oyida hal qiladi, ya’ni qayerda boğ qilinadi, qayerda aholi punkti quriladi, aniqlab çiqiladi. Rejalaştirilgan loyihaga köra aholining dam olişi, sayr qilişi uçun şunday joylar tanlanadi. Har bir tumanda bir neçta joy tanlanib, platformaga kiritiladi. Bu uzluksiz jarayon böladi, bu yil tanlangan yer bilan bu töxtab qolmaydi, keyingi yil boşqa hudud tanlanadi.