Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yuk mashinasi urib yuborgan bog‘cha bolasi vafot etdi
«ZIL» haydovchisi xususiy bog‘cha qarshisidan harakatlanib ketayotgan vaqtida 2021 yilda tug‘ilgan bolani urib yuborgan. Oqibatda bola olgan tan jarohatlari sabab vafot etgan.
Toshkentda “ZIL” 3 yoshli bog‘cha bolasini urib yubordi. Bu haqda “Millar” dasturida ma’lum qilindi.
Joriy yilning 11 iyun kuni Toshkent shahar IIBBga Uchtepa tumani Ko‘kcha darvoza ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi yuz bergani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
“ZIL” haydovchisi xususiy bog‘cha qarshisidan harakatlanib ketayotgan vaqtida 2021 yilda tug‘ilgan bolani urib yuborgan. Oqibatda 3 yoshli bola olgan tan jarohatlari sabab vafot etgan.
Guvohga ko‘ra, bolakay akasini ko‘rib, tarbiyachining qo‘lidan chiqib ketgan.
Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:44
Jizzax viloyatida avtobus YTHga uchradi
20:10 / 18.04.2026
Buxoroda mast haydovchi YTH sodir etdi
19:00 / 16.04.2026
“Bir joyingga tiqib qo‘yaman hozir” - Toshkentda qoidabuzar haydovchi boshqa haydovchiga tahdid qildi
18:42 / 13.04.2026