Hayit namozini yuqori saviyada va tartibli o‘tkazish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida 16 iyun kuni soat 00:00 dan 10:00 ga qadar Toshkent shahriga barcha turdagi yuk transport vositalarining harakati to‘liq cheklanadi
Cheklov yuk mashinalarining shaharga kirishi, chiqishi va shahar ichida harakatlanishiga taalluqli bo‘ladi. Bu haqda xabar bergan poytaxt IIBB yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘radi.
Shuningdek, boshqarma axborotiga ko‘ra, 16 iyun kuni shahardagi 121 ta masjidda hayit namozi o‘qiladi va shu munosabat bilan qator ko‘chalarda avtotransport vositalari harakati soat 00:00dan 7:00 gacha to‘liq cheklanadi.
Avtotransport vositalari harakati to‘liq cheklanadigan ko‘chalar ro‘yxati
Mirzo Ulug‘bek tumani:
“To‘ra buva” masjidi oldidagi Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi – Sho‘rtepa ko‘chasidan, Buyuk Ipak yo‘li – Sultoniya ko‘chasigacha.
Bektemir tumani:
“Xo‘ton” masjidi oldidagi Bektemir shoh ko‘chasi – Husayn Boyqaro ko‘chasidan Bektemir yo‘li ko‘chasigacha.
Olmazor tumani:
“Islomobod” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY– Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Nurafshon – Sag‘bon ko‘chalari chorrahasigacha.
“Hazrati imom” masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasi – Qorasaroy – Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan, Qorasaroy – Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasigacha.
Shayxontohur tumani:
“Shayx Zayniddin” masjidi oldidagi Ko‘kcha Darvoza – Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza – Beshqayrag‘och ko‘chalari chorrahasigacha.
“Xo‘ja Alambardor” masjidi oldidagi Bunyodkor – Kamolon ko‘chalari chorrahasidan Kamolon – Ustazoda 2-tor ko‘chalari chorrahasigacha.
“Kox ota” masjidi oldidagi Sebzor ko‘chasi – Nurafshon – Sebzor ko‘chalari chorrahasidan Nurafshon – Labzak ko‘chalari chorrahasigacha.
Chilonzor tumani:
“Ubay ibn Ka’b” masjidi oldidagi Al-Xorazmiy ko‘chasi – Al Xorazmiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Al Xorazmiy – Katta qani chorraxasigacha.















