Markaziy bank may oyi uçun aholi va tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan sezilgan inflatsiya darajasi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi. 

Unga köra, aholi tomonidan sezilgan inflatsiya darajasi 14 foizni taşkil qilgan. Hududlar kesimida inflatsiyaning eng yuqori darajasi Toşkent şahri (17,4 foiz) va Andijon viloyatida (16,2 foiz), eng past darajasi esa Qoraqalpoğistonda (10,2 foiz) va Xorazm viloyatida (11 foiz) sezilgan. 

Sörovnomada qatnaşganlarning katta qismi dorilar hamda benzin va yoqilği narxi yuqori darajada ösganini ta’kidlagan.

Daromadlari 5 mln söm va undan yuqori bölgan aholi sezgan inflatsiya darajasi respublika böyiça örtaça körsatkiçdan yuqori darajada şakllangan. Xususan, 15 mln sömdan köp daromad egalari sezgan inflatsiya 19,9 foizni taşkil qilgan. Daromadi 2 mln sömgaça bölgan respondentlarga esa inflatsiya nisbatan kamroq sezilgan – 12,4 foiz.

Toşkent şahrida 21 foiz va undan yuqori inflatsiya sezayotganlar uluşi 36 foizga, Andijon va Qaşqadaryo viloyatlarida esa 26 foizga yetgan.

Avvalroq, may oyida iste’mol sektoridagi narxlarning yillik ösiş darajasi 10,6 foizni taşkil etgani xabar qilingandi. Ötgan oyda sezilgan va rasmiy inflatsiya örtasidagi farq 3,4 foiz bölgan.