Özbekistonda xizmat körsatgan artist Malika Qayumova 70 yoşida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

Malika Qayumova 1954 yil Toşkent viloyatida tavallud topgan. 1976 yili Toşkent teatr va rassomlik san’ati institutini bitirgan. Institutni bitirgaç, özbek drama teatrida öz faoliyatini boşlagan. 

U 1993 yildan beri Muqimiy nomidagi musiqali teatrda faoliyat körsatib kelayotgandi. 

Malika Qayumova öz ijodiy faoliyati davomida teatrda sahnalaştirilgan 30 dan ortiq spektakllarda boş qahramon rollari va xarakterli obrazlarni yuksak mahorat bilan ijro etgan.

Jumladan, “Taqdir”da amma, “Devona”da ona, “Fotima va Zuhra”da ona, “Alpomiş”da Kuntuğmiş, “Pari qişloq”da ona, “Ölding, aziz bölding”da ona, “Xonuma”da Tekle, “Toşkentning nozanin malikasi”da Xayri, “Superqaynona-2”da Hojar, “Oy onam-qaynonam”da Qumri, “Qizi borning-nozi bor”da quda kabi obrazlari mutaxassislar tomonidan yuqori baholangan. 

U 2011 yili “Özbekistonda xizmat körsatgan artist” faxriy unvoni bilan mukofotlangan.