Muqimiy nomidagi Özbekiston davlat musiqali teatrida Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi vakillari va teatr jamoasi iştirokida yiğiliş bölib ötdi.
Madaniyat vazirining birinçi örinbosari Bahodir Ahmedov teatr san'ati oldidagi muhim vazifalar, dolzarb masalalar va ularning yeçimlari, kelgusida bajarilişi lozim bölgan vazifalar haqida gapirdi.

Muqimiy nomidagi Özbekiston davlat musiqali teatriga direktor etib Özbekistonda xizmat körsatgan artist Aleksandr Bekjonov tayinlanganligi rasman e'lon qilindi.
Yiğiliş söngida kuni keça tavallud kunini nişonlagan ustoz san'atkor, Özbekiston xalq artisti Naima Pölatova va Özbekistonda xizmat körsatgan artist Turğun Beknazarov Madaniyat vazirligi tomonidan taşakkurnomalar va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
2016 yildan Muqimiy nomidagi Özbekiston davlat musiqali teatri direktori sifatida faoliyat körsatib kelgan Özbekiston xalq artisti Mirza Azizov 15 aprel kuni 58 yoşida vafot etdi.
















