Özbekiston va Qozoğistonda xizmat körsatgan artist Azim Mullaxonov Muqimiy nomidagi Özbekiston davlat musiqali teatriga direktor etib tayinlandi. Bu haqda 22 fevral kuni teatrda Özbekiston Madaniyat va turizm vazirligi vakillari va teatr jamoasi iştirokida yiğilişda ma’lum qilindi.

«Özbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri örinbosari Bahodir Ahmedov yiğilişni oçib, teatr san’ati oldida turgan ayrim masalalar va ularning yeçimlari, kelgusida bajarilişi lozim bölgan vazifalar xususida fikrlaşildi.

Şundan söng, Muqimiy nomidagi Özbekiston davlat musiqali teatriga direktor etib Özbekiston va Qozoğistonda xizmat körsatgan artist Azim Mullaxonov hamda teatr boş rejissyori etib Doston Haqberdiyev tayinlanganligi rasman e’lon qilindi», deyiladi xabarda.

Teatrga 2021 yildan buyon Aleksandr Bekjonov rahbarlik qilayotgandi
Teatrning yangi boş rejissyori Doston Haqberdiyev

Ma’lumot uçun, Azim Mullaxonov 1960 yilning 17 fevral kuni Toşkent şahrida tuğilgan. U uzoq yillar Muqimiy teatrida işlagan, 2014 yilda 88 yoşida vafot etgan Özbekiston xalq artisti Faroğat Rahmatovaning öğli hisoblanadi.

Azim Mullaxonov 15 yoşida Muqimiy teatriga ovoz muhandisi sifatida işga qabul qilingan. Keyinroq Özbekiston xalq artisti Nabi Xalilov dirijyorligidagi orkestrda gitaraçi bölgan. 1990 yili ötkazilgan Botir Zokirov nomidagi tanlovda oliy örinni qölga kiritga, «Şaytanat» teleseriali uçun ijro etgan qöşiği tufayli xalq e’tiboriga tuşgan.

Eslatib ötamiz, Muqimiy teatriga 2016 yildan direktor bölgan Özbekiston xalq artisti Mirza Azizov 2021 yil 15 aprel kuni koronavirus tufayli 58 yoşida vafot etgandi. Şundan söng uning örnini aktyor Aleksandr Bekjonov egallagandi.