Rossiya Federatsiyasida «josuslikda» ayblangan The Wall Street Journal (WSJ) muxbiri Evan Gerşkoviç işi böyiça Rossiyada sud jarayoni iyun oyi oxirida boşlanadi. Sverdlovsk viloyat sudi uning işi böyiça birinçi sud majlisini 26 iyunga belgiladi. Sud jarayoni yopiq eşiklar ortida ötkaziladi, deb xabar berdi sud matbuot xizmati. Işni sudya Andrey Mineyev körib çiqadi. 

«Tergov ma’lumotlariga köra, The Wall Street Journal gazetasining amerikalik jurnalisti Gerşkoviç Markaziy razvedka boşqarmasi körsatmasi bilan 2023 yil mart oyida Sverdlovsk viloyatida işlab çiqariş va ta’mirlaş böyiça «NPK Uralvagonzavod» AJ mudofaa korxonasi faoliyati haqida maxfiy ma’lumotlarni töplagan», - deyiladi sud matbuot xizmati xabarida. 

Evan Gerşkoviç aybini tan olmayapti. AQŞ Davlat departamenti vakili Metyu Miller ötgan hafta Gerşkoviçga qöyilgan ayblovlar işonçli emasligini aytdi va jurnalistni zudlik bilan ozod qilişni talab qildi. WSJ boş muharriri Emma Taker Gerşkoviç işi böyiça tayyorlanayotgan sud jarayonini «namoyişkorana holat» deb atadi. 

Evan Gerşkoviçning hibsga olinişi 

The Wall Street Journal muxbiri Evan Gerşkoviç 2023 yilning 29 martida Yekaterinburgda qölga olingan va keyinçalik josuslikda ayblangan. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga köra, jurnalist «Amerika tomonining körsatmalariga binoan Rossiya harbiy-sanoat kompleksi korxonalaridan biri faoliyati töğrisida davlat sirini taşkil etuvçi ma’lumotlarni töplagan». Gerşkoviçning özi ham, naşr ham ayblovlarni rad etadi. Oq uy ularni «bema’ni» deb atadi. 

Ğarbning yirik ommaviy axborot vositalari va mustaqil Rossiya naşrlari The Wall Street Journal jurnalistini ozod qilişni bir neça bor talab etgan. AQŞ prezidenti Jo Bayden ham jurnalistning qaytişi masalasi ustida işlaşni davom ettirişga va’da berdi.

Gerşkoviçni ehtimoliy almaştirilişi

Joriy yilning fevral oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan intervyuda amerikalik jurnalist Taker Karlson unga Gerşkoviçni «yaxşi niyat belgisi sifatida» ozod qilişni taklif etdi, şunda Karlson uni Qöşma Ştatlarga olib ketişi mumkin bölardi. Bunga javoban Putinning aytişiça, Rossiya şunçalik köp xayrixohlik körsatganki, u «barça limitni tugatganga öxşaydi». Şunga qaramay, Putin Gerşkoviçni almaşiş variantini rad etmadi. 

The Wall Street Journal 2023 yil sentabrida Putin Rossiya maxsus xizmatlari xodimi ekani aytilayotgan Vadim Krasikovni ozod qilişga şaxsan buyruq berganini yozgan edi. Krasikov Germaniyada çeçen bölginçilarining sobiq dala qömondoni Zelimxon Xanqoşvilini öldirganlikda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.