Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand va Madrid o‘rtasida sheriklik aloqalari o‘rnatilishi mumkin
O‘zbekiston elchisi Farrux Tursunov Ispaniyaning Milans del Bosch & ITL kompaniyasi asoschisi Santyago Milans del Bosh bilan uchrashuv o‘tkazdi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi madaniy va tarixiy aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Xususan, Samarqand va Madrid shaharlari o‘rtasida do‘stlik aloqalarini o‘rnatish taklifi ilgari surildi.
Santyago Milans del Bosh Ispaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ko‘p asrlik diplomatik va madaniy-iqtisodiy munosabatlardan tashqari, ularni ijtimoiy aloqalar ham birlashtirib turishini ta’kidladi. U Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston Ispaniyadan evakuatsiya qilingan bolalarning bir qismini qabul qilib, ularni urush dahshatlaridan saqlab qolgani uchun minnatdorlik bildirdi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, turli sohalarda o‘zaro anglashuv va hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Madridda va Toshkentda qo‘shma tadbirlarni tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida elchixonaga Ispaniya elchisi Ruy Gonsales de Klavixoning 1406 yilda Samarqandga qilgan safari haqida yozgan kitobi taqdim etildi.
Mavzuga oid
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026