Surxondaryo viloyati hokimligi xabariga köra, vohalik ğallakorlar 2024 yil hosili uçun 89,3 ming gektar maydonda mahalliy iqlimga mos, ertapişar ğalla navlarini parvarişlab, bugun, 16 iyun holatiga don korxonalariga 210 ming 246 tonna sara tovar don sotib, şartnomaviy rejani 101,0 foizga bajargan.

Jumladan, Şeroboddagi “Şoymon bobo” fermer xöjaligi 107,2 sentner, Qumqörğondagi “Elobod ziyosi” fermer xöjaligi 106 sentner, Angordagi “Umid şox Angor” fermer xöjaligi 101,2 sentner, Muzrabotdagi “Amirqul bobo KAA” fermer xöjaligi 100,3 sentner, Jarqörğondagi “Panji Umid Bunyod” fermer xöjaligi 100,2 sentner, Termiz tumanidagi “Qoraxon Yangiariq” fermer xöjaligi 101 sentnerdan hosil olib, vohamiz xirmoniga özlarining munosib hissalarini qöşgan.

Joriy yilda voha ğallakorlari gektarlar hosildorligini örtaça 94 sentnerga yetkazib, mavjud maydonlardan 840 ming tonna sara don işlab çiqarişni möljallamoqda.