Rossiyada hibsga olingan Amerika fuqarolari, jumladan The Wall Street Journal (WSJ) jurnalisti Evan Gerşkoviç va josuslikda ayblanib sudlangan sobiq harbiy Pol Uilan Sloveniyada foş etilgan rossiyalik josuslarni almaşiş böyiça Moskva bilan kelişuv bir qismi bölişi mumkin. Bu haqda 17 iyun, duşanba kuni özining xabardor manbalariga tayanib, WSJ yozmoqda.
Naşrning yozişiça, gap Boşqirdiston va Nijniy Novgorodda tuğilgan, özlarini Argentina fuqarolari sifatida taniştirgan va 2022 yil oxirida Lyublyanada qölga olingan Artem va Anna Dulsevalar haqida ketmoqda. WSJ qayd etişiça, ular psevdoargentinaliklar va Interpol ixtiyorida bölgan Dulsevlarning barmoq izlarini soliştiriş orqali aniqlangan.
Kreml «argentinaliklarni» Sloveniyadan qaytarişga tayyorligini ma’lum qildi
Hibsdan köp ötmay, Rossiya Sloveniya rasmiylari bilan aloqa örnatdi va er-xotin «SVR» uçun işlaganini tan oldi hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning uzoq yillik yaqin ittifoqçisi, Rossiya Xavfsizlik kengaşining sobiq kotibi Nikolay Patruşev boşçiligidagi muzokaralar davomida Kreml ularni qaytarişga qiziqiş bildirgan, deb yozadi AQŞ gazetasi.
Sloveniyalik va amerikalik yuqori martabali amaldorlardan olingan ma’lumotlarga köra, «Mayyer Munos» va «Giş» nomli onlayn san’at galereyasi va IT-startapini boşqargan nolegallar 18 oydan ortiq vaqtdan beri Sloveniya qamoqxonasida saqlanmoqda, ularning ikki nafar bolasi oilalardan biriga berib yuborilgan. Rossiya agentlariga qarşi sud mahkamasi yopiq eşiklar ortida ötmoqda, birinçi qaror yaqin haftalarda çiqişi kutilmoqda.
Kreml ham, «SVR» ham WSJ jurnalistlarining izoh beriş haqidagi sörovlariga javob qaytarmadi.
Sloveniya qonunçiligida ayğoqçilik uçun közda tutilgan maksimal qamoq muddati sakkiz yilni taşkil etadi va yaxşi xulq-atvor uçun er-xotin tört yildan keyin ozod qilinişi mumkin, deb ta’kidlaydi The Wall Street Journal.

















