Jahongir Obidjonov «Özenergosotiş» kompaniyasi boşqaruvi raisi etib tayinlandi. Kompaniya elektr energiyasini markazlaştirilgan holda xarid qiliş va sotiş böyiça mas’ul böladi, deb xabar qildi Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Jahongir Obidjonov 1976 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. 1998 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2006 yilda prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini tamomlagan.
2004-2007 yillarda Özbekiston Markaziy bankida turli lavozimlarda işlagan. 2007-2017 yillarda «Özsanoatqurilişbank» boşqaruvi raisining birinçi örinbosari bölgan. 2017-2019 yillarda «Özbekenergo» boşqaruvi raisining örinbosari, şuningdek, boşqaruv raisi vazifasini bajaruvçi sifatida işlagan. U 2020-2022 yillarda «Hududiy elektr tarmoqlari» boşqaruvi raisining birinçi örinbosari bölgan.
2024 yilda Anglia Rusking University (Britaniya)da magistraturani (MBA) tamomlagan.
Şohrux Qoraboyev «Özenergosotiş» boşqaruvi raisining birinçi örinbosari vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi.
Bungaça u Energetika vazirligi qoşidagi Elektr energetikasi sohasini isloh qiliş loyiha byurosi direktori örinbosari lavozimida işlagan.
Özbekiston prezidentining ötgan yil sentabrdagi energetika sohasini isloh qiliş töğrisidagi farmoni asosida elektr energiyasini markazlaştirilgan xarid qiliş va sotiş funksiyasini bajaruvçi «Özenergosotiş» kompaniyasi taşkil etilgan. U 1 iyuldan bu vazifani bajarişni boşlaydi.

















