Avvalroq, 2024 yil 19 iyun kuni Toşkent şahridagi Börijar kanaliga çömilişga borgan Jahon tillari universiteti 3-bosqiç talabasi çökib, halok bölgani haqida xabar bergandik.
Ma’lum bölişiça, Surxondaryo viloyati Denov tumanida tuğilgan 20 yoşli talaba Muhammadali Ikramov özbekça Vikipediyaning faol adminlaridan biri bölgan. Bu haqda özbekça Vikipediyaga ma’lumot joylangan.
Unda yozilişiça, Muhammadali Ikramov 2022 yil 13 may kuni inglizça Vikipediyada röyxatdan ötgan va qisqa vaqt içida unga ma’lumot joylaşni örgangan.
Söng özbekça Vikipediyaga ma’lumotlar kiritib, sifatli kontentlar yarata boşlagan. U Vikistipendiya marafonining birinçi mavsumida kuçli önlikka kirgan.
“GIF qisqartmasi talaffuzi“ mavzusida yaxşi maqola yaratgani uçun Yoşlar işlari agentligi tomonidan maxsus diplom va 10 million söm pul mukofoti bilan taqdirlangan.
Vikipediya qonun-qoidalarini yaxşi özlaştirgani, sifatli kontent yaratgani uçun Ikramov özbekça Vikipediya foydalanuvçilari bergan ovozlar asosida 2023 yil 25 iyun kuni özbekça Vikipediya administratori huquqini olgan.
U 2 yilda özbekça Vikipediyada qariyb 600 ta maqola va 5 mingdan ziyod sahifa yaratgan, minglab maqolani tahrir qilgan. Vikima’lumotlarda esa 3 mingga yaqin tahrir qilgan. Umumiy hisobda, Vikimedia jamğarmasi loyihalarida 26 mingdan oşiq tahrirni amalga oşirgan.
“Özbek tilida sözlaşuvçi vikimediaçilar foydalanuvçi guruhi nomidan Muhammadalining oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. Özbek tili jonkuyari ölaroq Vikipediyaga qöşgan salmoqli hissasi loyihada abadiy saqlanadi”, deyiladi u haqdagi ma’lumotda.

















