Özbekiston energiya sohasida emissiyalarni kamaytiriş böyiça hukumat siyosatini qöllab-quvvatlaş dasturi doirasida Jahon Bankidan samaradorlik uçun tölov olgan dunyodagi birinçi davlat böldi. Bu haqda Jahon Banki xabar berdi.
Qayd qilinişiça, Uglerod aktivlari transformatsiyasi böyiça Jahon banki jamğarmasi (TCAF) «Özbekiston energetika sektorini özgartiriş uçun innovatsion uglerod moliyasi» (iCRAFT) loyihasi doirasida 500 ming tonna karbonat angidrid gazi çiqindilarini muvaffaqiyatli qisqartirişi natijasida 7,5 million dollar miqdorida grant ajratdi.
Ta’kidlanişiça, Özbekiston hukumati (iCRAFT) loyihasi orqali olingan mablağlarning bir qismini elektr va gaz tariflarining sönggi özgarişlari tufayli farovonligi yomonlaşgan oilalarga moliyaviy yordam körsatiş uçun işlatiş majburiyatini olgan. Bundan taşqari, loyiha mablağlari Özbekistonning yaşil iqtisodiyotga ötiş va energetika sohasini isloh qiliş böyiça davlat dasturini amalga oşirişga hissa qöşadi.
iCRAFT loyihasi Özbekiston hukumatiga tegişli infratuzilma, tizimlar, mexanizmlar va hujjatlarni işlab çiqişda yordam beradi, bu esa mamlakatni boşqa xalqaro hamkorlar va xususiy investorlar kömagida kelajakda xalqaro uglerod bozorlarida tranzaksiyalarni amalga oşirişga tayyorlaydi.
iCRAFT loyihasini amalga oşiriş davomida Özbekiston 60 million tonna karbonat angidrid gazi çiqindilarini kamaytirişni rejalaştirmoqda. Şundan 2,5 million tonnaga yaqin karbonat angidrid gazi loyiha doirasida mamlakatdan xarid qilinadi. Özbekiston iCRAFT loyihasini amalga oşiriş jarayonida yaratilgan va sinovdan ötkazilgan tizim va mexanizmlar yordamida qolgan uglerod birliklarini xalqaro uglerod bozorlarida sotişi mumkin böladi.

















