O‘zbekistonlik kimyogarlar ilk bor ilmiy kashfiyoti bilan AQShdagi kongressda ishtirok etdi
16-20 iyun kunlari AQShda TMS Speciality 2024 jahon kongressi bo‘lib o‘tdi. Unda 4 nafar o‘zbekistonlik olim ilmiy ishlari bilan ishtirok etdi.

AQShning Ogayo shtatida TMS Speciality 2024 jahon kongressi o‘tkazildi. Unda Elyorjon Jumayev, Orifjon Mixliyev, Dilshodbek Usmonov va Sarvar Rozixo‘jayev o‘z ilmiy ishlari bilan qatnashdi. Xalqaro kongressdagi ishtirok haqida kimyogar Elyorjon Jumayev Kun.uz’ga gapirib berdi.
Uning aytishicha, “Yordamchi elementlarni Ni asosli superqotishmalarning mexanik xususiyatlari va mikrostrukturaviy o‘zgarishiga ta’siri” mavzusidagi ilmiy kashfiyot ustida ishlar 2019 yildan boshlangan. Asosiy maqsad hozir keng qo‘llanayotgan yuqori haroratga bardosh beradigan va mustahkam Ni asosli Hastalloy, Inconel va shu turdagi materiallarning o‘rnini bosa oladigan materiallarni kashf qilish bo‘lgan.
“Nomlari sanalgan superqotishmalar tannarxi yuqoriligi bilan birga ular kimyoviy tarkibidagi elementlar kamyob. Shu sabab ularni odatiy holda ishlab chiqarish muammoli. Bizning materiallarimiz Ni asosli Hastalloy, Inconel o‘rnini bosa oladi. Yaxshi tomoni ularning tannarxi past va laboratoriya sharoitida sinovdan o‘tkazilgan materialni ishlab chiqarish bilan integratsiya qilingan ”, – deb tushuntirdi olim.
Olimning qo‘shimcha qilishicha, hozirgi kunda integratsiya jarayoni kimyoviy va fizik xususiyatlari tez o‘zgarishi hisobiga juda qiyin hisoblanadi va shuning hisobiga laboratoriya sinovlaridan o‘tgan materiallar ishlab chiqarishga joriy qilinmasdan qolib ketmoqda.
“Biz bu ishda qanday qilib bizning yangi materiallarimiz laboratoriyadan yarim sanoat keyin esa ishlab chiqarishga joriy qilinganini izohlab berdik”, – dedi u.
Jumayevga ko‘ra, xalqaro kongress AQSh Metall, Minerallar va Materiallar Tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan. Unda erokosmik, mashinasozlik va ilg‘or materiallar bo‘yicha dunyoning ko‘zga ko‘ringan tashkilotlari, korxonalar –NASA, Ge Aviation, Massachusets texnologiyalar universiteti, Stanford universiteti va Oak Ridge milliy laboratoriyasi kabi tashkilotlaridan jami 300 dan ortiq olim ishtirok etgan.
Ma’lumot uchun, Elyorjon Jumayev, texnika fanlari doktori bo‘lib, Hyundai Motors, Samsung, NASA va Oak Ridge milliy laboratoriyalari loyihalarida faoliyat yuritgan. U 350 dan ortiq yangi turdagi materiallarni kashf qilgan.
Elyorjon Jumayev bilan Kun.uz o‘tkazgan intervyuni bu yerda o‘qishingiz mumkin.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bangladesh sudi sobiq bosh vazir Shayx Hasinani hibsga olish orderini berdi
Jahon | 22:27
-
Tergovdagi qiynoqlar, arzonlashgan dollar va AQShdagi o‘zbek lobbisi - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:10
-
Mashhur rassomning o‘g‘irlangan 50 ming dollarlik kartinasi chiqindixonadan topildi
Jahon | 21:44
-
Ukraina Quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni iste’fo berdi
Jahon | 21:27
Mavzuga oid

21:44
Mashhur rassomning o‘g‘irlangan 50 ming dollarlik kartinasi chiqindixonadan topildi

21:17
Britaniya yadroviy qurollarni tashishga qodir qiruvchi samolyotlarni xarid qiladi

18:51
AQShda yuk mashinasi ag‘darilishi oqibatida 250 mln asalari uchib ketdi

14:42 / 31.05.2025