Turli sabablarga köra, öz vaqtida umumiy örta ta’lim oliş imkoniyatiga ega bölmagan, ya’ni maktabni töliq tamomlay olmagan fuqarolarga eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyalarini topşiriş tizimi yaratilgan. 2024 yilda eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasini topşiriş uçun 8038 nafar fuqaro murojaat etgan. Bu haqda Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

Eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli ötgan 611 nafar fuqaroga 9 yillik tayanç örta ta’lim töğrisida şahodatnoma berilgan.

Şuningdek, 4689 nafar fuqaroga 11-sinf hajmida umumiy örta ta’lim töğrisida şahodatnoma berilgan.