Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiq dovonida yuk mashinasi YTHga uchrab, majaqlanib ketdi
Yuk mashina Turkmanistonniki ekani va haydovchisi voqea joyida halok bo‘lgani aytilmoqda. Hodisa yuzasidan hozircha rasmiy ma’lumot berilgani yo‘q.
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent-O‘sh” xalqaro avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida tez harakatlangan yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetiga chiqib ketgani aks etgan videolar tarqaldi. Oqibatda yuk mashinasi majaqlanib ketgan.
Guvohlarning yozishicha, hodisa 2024 yil 23 iyun kuni kunduzi Namangan viloyati hududida sodir bo‘lgan. Turkmanistonga tegishli yuk mashinasi dovondagi yo‘ldan pastga tushayotganda haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda, katta tezlikda harakatlangan yuk mashinasi yo‘l chetiga chiqib ketib, ag‘darilgan. Haydovchi hodisa joyida halok bo‘lgani aytilmoqda.
Kun.uz hodisa yuzasidan izoh olish uchun IIV JXD YHXX axborot xizmatiga murojaat qildi. Biroq ma’lumot olishning iloji bo‘lmadi.
Mavzuga oid
19:53 / 02.02.2026
Samarqanddagi YTH oqibatida velosipedchi halok bo‘ldi
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
11:50 / 29.01.2026
Chilonzorda ko‘prik ustida 4 ta avtomobil to‘qnashdi
11:38 / 27.01.2026