30 iyun "Yoşlar kuni" munosabati bilan "Turonbank" ATB yoşlari uçun qadimiy va navqiron Buxoro şahrida turli tadbirlar taşkil etildi.
“Turonbank” tizimida faoliyat yurituvçi yoşlarning Buxoro şahriga sayohati davomida bank rahbari va yoşlarning yuzma-yuz uçraşuvi bölib ötdi. Unda şijoatli hamda taşabbuskor yoşlar rahbariyat bilan oçiq muloqotda bölib özlarini qiziqtirgan köplab savollariga javob oliş imkoniyatiga ega bölişdi.
Kun davomida şuningdek yoşlar örtasida şaxmat musobaqalari ham ötkazildi. “Turonbank”ning şaxmatsevar yoşlari 44-Butunjahon şaxmat olimpiadasi çempioni, Markaziy Osiyoda eng yoş xalqaro grossmeyster, “Turonbank” ambassadori Jahongir Vahidov iştirokidagi mahorat darslarida ham qatnaşişdi.
Şu bilan birga yoşlar Buxoro viloyatining qadimiy va gözal joylariga sayohat qilib, turistik maskanlarning gözalligidan bahramand bölişdi.
Eng asosiy va qiziqarli tadbirlardan biri esa “Zakovat” intellektual öyinlari böldi. Öyinlarni Abdurasul Abdullayev boşçiligidagi “Zakovat” klubi vakillari boşqarib borişdi.
Buxoro viloyatida ötkazilgan tadbir tafsilotlariga bağişlangan maxsus körsatuvni bank saytida 30 iyun kuni köriş mumkin.
Reklama















