2024 yilning may oyida Qozoğistonda 12 032 dona yangi yengil avtomobil sotilgan. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 13,2 foizga kam.

Xususan, ötgan oy davomida qöşni respublikada Chevrolet brendi ostida 1345 dona avtomobil sotilgan. Bu körsatkiç ötgan yilning may oyida 3300 donani taşkil qilgan.

2024 yilning yanvar-may oylaridagi umumiy körsatkiç esa 6159 donani taşkil etgan. Taqqoslaş uçun, ötgan yilning dastlabki 5 oyi davomida qöşni respublikada 17 636 ta Chevrolet avtomobili xarid qilingan.

E’tiborga molik jihati, Xitoy brendlarining Qozoğiston avtomobil bozoridagi uluşi oşib boryapti. Xususan, Chevrolet, Hyundai va Kia sotuvi pasayib borayotgan bölsa, Chery, Jac, Changan, Geely, Haval, Tank va boşqa brendlarning savdo hajmi köpaygan.

Ma’lumot uçun, Qozoğiston UzAuto Motors’ning eng katta eksport bozori hisoblanadi. Ötgan yil davomida özbekistonliklar uçun hamyonbop avtomobillarga kontraktatsiya yopiq bölgan paytda ham, qozoğistonliklarga çegirmalar bilan yoki bölib tölab olib çiqib ketiş şartlari asosida ham maşina yetkazib berilgan edi. Kompaniya öz rasmiy sahifalarida “Chevrolet Qozoğiston bozorida liderlikda davom etadi” sarlavhasi bilan xabarlar ham joylaştirgandi. Joriy yilda uşbu liderlik Hyundai va Kia’ga boy berilgan.