O‘zbekiston elchisi Kanada general-gubernatoriga ishonch yorliqlarini topshirdi
O‘zbekistonning Kanadadagi elchisi (qarorgohi Vashington shahrida) Furqat Siddiqov Kanada general-gubernatori Meri Simonga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Foto: Dunyo
"Dunyo" xabariga ko‘ra, tantanali marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Kanada general-gubernatori O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlash borasida erishilayotgan yutuqlardan yaxshi xabardor ekanini ta’kidladi.
O‘zbekiston va Kanada iqtisodiyoti o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish uchun katta salohiyatga ega ekani bildirildi. Shu nuqtayi nazardan, doimiy ravishda o‘zaro iqtisodiy tashriflar va savdo missiyalari almashinuvini yo‘lga qo‘yish taklif etildi.
Furqat Siddiqov 2023 yilning may oyida O‘zbekistonning AQShdagi elchisi sifatida prezident Jo Baydenga ishonch yorliqlarini topshirgan edi. Shuningdek, u oktyabr oyida O‘zbekistonning Braziliyadagi elchisi (qarorgohi Vashingtonda) etib tayinlangani to‘g‘risidagi ishonch yorlig‘i nusxasini topshirgan. Shu tariqa, O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Braziliya va Kanadada ham mamlakat rasmiy vakili hisoblanadi.
Avval O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Furqat Siddiqov 53 yoshda. U 1993 yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida "O‘zDeuElektroniks" QK, O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida ishlagan. 2002 yildan beri TIV tizimida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Xususan, O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasida, Pokistondagi elchi, vazirning o‘rinbosari va birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Furqat Siddiqov 2017-2023 yillarda O‘zbekistonning AQSh, shuningdek, o‘rindoshlik asosida Kanada va Braziliyadagi elchisi bo‘lib ishlagan Javlon Vahobov o‘rniga tayinlangan.
Tavsiya etamiz
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Pentagon AQShning NATO harbiy qo‘mitasidagi vakilini lavozimdan bo‘shatdi
Jahon | 21:02
-
Xitoy AQSh vitse-prezidentini «johil va odobsiz» deb atadi
Jahon | 20:57
-
Pentagon Sharqiy Yevropadagi harbiy kontingentini qisqartirish imkoniyatini muhokama qilmoqda
Jahon | 20:56
-
«Tashabbusli budjet»ning 2-mavsumida ba’zi mahallalarga tanaffus beriladi
O‘zbekiston | 20:37
Mavzuga oid

18:21 / 03.04.2025
AQSh Senati Kanada tovarlariga bojlarni bekor qilish uchun ovoz berdi

08:50 / 03.04.2025
Kanada bosh vaziri: AQShning yangi bojlari global savdoni o‘zgartiradi

08:07 / 28.03.2025
«AQSh bilan oldingi munosabatlar tugadi» - Kanada bosh vaziri

20:54 / 26.03.2025