Strategik islohotlar agentligi uçuvçisiz uçiş qurilmalari bilan boğliq jahon tajribasini örganib, ularni iqtisodiyot sektorlarida qöllaşga doir takliflar işlab çiqdi.

Agentlikning qayd etişiça, qişloq xöjaligi – dronlardan foydalanişning eng samarali yönalişlaridan biri hisoblanib, 2023 yilda jahon uçuvçisiz uçiş qurilmalar bozorining 28 foizini taşkil qilgan.

Xalqaro tajribada:

  • Polşaning qişloq xöjaligida uçuvçisiz uçiş qurilmalarini joriy qilişi sektor unumdorligini 5 foizgaça oşirdi, bu esa yillik qöşimça 2,5 mlrd yevro foyda keltirdi.
  • Xitoyda 200 mingdan ortiq uçuvçisiz uçiş qurilmalaridan 14,5 mln gektarga yaqin ekin maydonlarini işlov beriş uçun foydalaniladi. Mamlakatning 11 viloyatida ötkazilgan tadqiqot şuni körsatdiki, pestitsidlarni purkaş uçun uçuvçisiz uçiş qurilmalaridan foydalaniş boşoqli ekinlarning har gektaridan sof daromadni 473 dollargaça oşirgan.
  • Rossiya quriliş sohasida faqat qaziş bosqiçida moliyaviy xarajatlar 30 foizga kamaydi, loyihalarni yetkazib berişning umumiy muddati sezilarli qisqardi va buzilişlarni aniqlaş xavfi ikki baravar kamaydi.
  • Köpriklar holatini tekşirişda uçuvçisiz uçiş qurilmalaridan foydalaniş Britaniyaning Balfour Beatty kompaniyasiga har bir obekt uçun taxminan 10 ming dollarni, AQŞ va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida esa şamol turbinalarini tekşiriş xarajatlarini 50 foizga kamaytiriş imkonini berdi.

Energetika sohasida uçuvçisiz uçiş qurilmalaridan foydalaniş operatsion samaradorlikni oşiradi, xavfsizlikni hamda nosozliklarning tezkor diagnostikasini ta’minlaydi, tekşiriş vaqtini qisqartiriş bilan birga xarajatlarini 50 foizga kamaytiradi.

  • Fransiyada elektr uzatiş liniyalarini uçuvçisiz uçiş qurilmalar yordamida kuzatiş yiliga qariyb 13 mln dollar tejaş imkonini berdi.