Energetika, AES va budjet taqçilligi - Behzod Hoşimov bilan suhbat
|01:30 / 03.07.202427 90517 min
AQŞda yaşovçi özbekistonlik tadqiqotçi Behzod Hoşimov Nyu-York universitetida professor sifatida faoliyat boşlaş arafasida. Kun.uz muxbiri Toşkentda bölib turgan iqtisodçini suhbatga taklif etib, ilmiy faoliyati va Özbekistonda dolzarb bölib turgan bir neçta iqtisodiy masalalarga munosabatini söradi.
— Behzod aka, Toşkentga kelganingiz munosabati bilan yuzma yuz körişib turibmiz. Ötgan yili Viskonsin universitetida PhD yoqlagan edingiz. Hozir nimalar bilan bandsiz? Adaşmasam, faoliyatingizni Birlaşgan Arab Amirliklarida davom ettirmoqçi edingiz.
— Hali ham Viskonsinda tadqiqotçi bölib işlayapman. Avgust oyidan Nyu-York universitetida professor bölib işimni davom ettiraman. Universitetning Abu-Dabida (BAA) kampusi bor. Nyu-York universitetida ijtimoiy fanlar fakultetida professor bölib ilmiy faoliyatimni boşlayman. Hozirça post-dokman, bir yil oldin ilmiy işimni himoya qilgandim.
— Ilmiy işingizning asosiy jihatlari haqida gapirib bera olasizmi?
— Tadqiqotim, asosan, AQŞda tadbirkorlik masalalarini örganadi. Dissertatsiyamning birinçi qismida texnologik korxonalar, startaplarga resurslarni jalb qiliş jarayonini örganaman. Resurslar deganda mablağ tuşuniladi, ba’zilarida esa kvalifikatsiya, netvork resurslarini startaplar öziga jalb qilişini örganaman. Şu jarayonda vençur kapitallar va startaplarga pul tikadiganlar tadbirkorlarning qanday xarakteristikalariga qaraydi hamda qanday ğoyalarga pul tikişadi degan mavzularni tadqiq qilganman.
Ikkinçi bobi, tadbirkorlik adabiyotidagi bir savolga bağişlangan: tadbirkorlar tuğmami yoki ularni atrof-muhit şakllantiradimi? Buni empirik örganişning qiyin tarafi şundaki, biz tadbirkorlarni ular öz faoliyatini boşlagandan keyin köra olamiz. Unday bölmaganida, qanday böladi degan savolga javob izlaymiz. Masalan, siz “tadbirkorlar hammasi tuğma” desangiz, men “yöq, tuğma emas” deyişim mumkin, ikkalamiz ham bu gipotezani ilmiy dalillaşimiz kerak. Şu dalillarda yo tuğma xarakteristikaning özgarişi yoki atrof-muhitning özgarişiga qaraladi.
Tadbirkorlik bu tuğma xususiyat deyişda, bundan oldingi tadqiqotlarda bir xil genetikaga ega egizak yetimlarni örganişgan, çunki ikkalasining genetikasi bir xil böladi, lekin har xil oila boqib oladi va hayoti davomida körib çiqişadi – ularning tadbirkor böliş ehtimoli qanaqa? Genetik qismi öxşaş, lekin şaroiti har xil.
Ilmiy işim – şu yönalişdagi tadqiqotlarning bir qismi: iqtisodiy şoklar yoki krizislar natijasida katta bölgan öspirinlar ulğaygaç, tadbirkorlikni boşlaşi kamayadimi yoki köpayadimi? Keskin iqtisodiy şoksiz yaşab turgan joyda atrof-muhitga keskin ta’sir qiladimi, şu ta’sirning ijobiy va salbiy oqibatlarini örganganman. Bu juda ham tor mavzu, ilmiy işlar köpinça juda çuqur va kiçik mavzuda qilinadi.
Mavzuga oid
— Tadqiqotingiz natijalari qanday böldi, nimani aniqladingiz?
— Atrof-muhitning keskin özgarişining tadbirkorlikka ta’siri degan narsani örgandim. Nikson prezident bölgan vaqtlarda, 70-yillar oxiri, 80-yillar boşida AQŞda katta makroiqtisodiy krizis bölgan. Öşa paytda butun AQŞ qiyin vaziyatda bölgan. Bu krizisning muhim xususiyati şundaki, ular butun AQŞga birdek ta’sir körsatmagan. Miçigan va Pensilvaniya ştatlarida işsizlik 10 foizdan baland bölib ketgan bölsa, masalan, Massachucsetsda 2 foizdan kam bölgan. Qanaqadir ştatlar yomon ahvolga tuşib qolgan. Tadqiqotimda şartli Miçigan ştatida 12 va 16 yoşli bolalar hamda Massaçussets ştatidagi xuddi şunday bolalar haqida ma’lumotlarni oldim. Şu ikkala bolani umri davomida kuzatib borganmiz, qayerda işlagan, qanday işlar qilgan, qayerda öqigan, qayerga köçgan kabi. Bu AQŞ hukumatining sörovnomasi asosida qilingan tadqiqot. Şuni topdimki, krizisda katta bölgan bolalar tadbirkorlik qiliş ehtimoli krizisda katta bölmagan bolalardan köra sal pastroq.
Lekin qanday korxonalarni taşkil topişida degan savol bor. AQŞda özini özi band qilgan korxonalar bor, ular odatda ösmaydi, 10 foizdan kamroği inkorporatsiya qilinadi. Krizis natijasida inkorporatsiya qilingan korxonalarni oçiş kamayarkan, özini-özi band qiliş özgarmas ekan. Tadqiqotim natijasini juda ham qisqa qilib aytadigan bölsam, 13-19 yoşli bolalar krizisni boşidan ötkaziş natijasida ularning inkoporatsiya qilingan korxonalarni yaratiş ehtimoli krizis kamroq bölgan joylardan köra kamroq.
Nima uçun şunaqa deyişingiz mumkin, atrofingizda kimdir köproq işini yöqotgan bölsa, siz stabil işni tanlaysiz. Tadbirkorlikda köproq risk bor, balki öşa bolalar yoşligidan riskni olmay degan fikrga kelişi mumkin.
— Oxirgi paytlarda özbekistonliklar eng köp muhokama qilgan mavzulardan biri bu Rossiya tomonidan Jizzaxda kam quvvatli AES qurilişi bölmoqda. Bu borada turli fikrlar bildirilyapti. Siz ham kanalingizda öz mulohazalaringizni yozdingiz. Şu haqda gaplaşsak. AES qurilişining iqtisodiy va siyosiy jihatlari haqida qanaqa fikrdasiz?
— Kanalimda fikrlarimni yozdim, siyosiy aspektlari haqida gaplaşmay turaylik, bu muhim albatta, ammo bu diskussiya uçun iqtisodiy jihatlarini gaplaşamiz. AES – özbekistonliklarning kelajagiga ta’sir qiluvçi ğoya. Şu ğoya bizga neça pulga tuşadi, AES 1 kWh elektr energiyasini neça puldan işlab çiqaradi, uning muqobil variantlaridan bu arzonroqmi, qimmatroqmi? Qaysi sabab bilan AESni tanlayapmiz, barqaror energiya manbasi bölgani uçunmi? Xohlardimki, hukumatdagilar bizga şaffoflik bilan AES neça pulga qurilyapti, unga kim pul tölayapti [aytişi kerak]…
Bir xil kontraktlarda, masalan Turkiyadagi Akkuyu stansiyasida, tuşunişim böyiça “Rosatom” özi qurgan va Turkiya hukumati bilan elektr energiyasini [belgilangan narxda kafolatli] sotib oliş haqida kelişuv qilingan. Ya’ni qurilişga Turkiya hukumati pul tikmagan. Bizda şartnoma qanday? Buni özbekistonliklar quryaptimi yoki “Rosatom” quryaptimi?
Ikkinçi savol, nima uçun “Rosatom”, boşqa AES quradigan korxonalar emas? Bilamiz, juda köp mamlakatlarda AES yaxşi işlab keladi, bu texnologiyaga menda qörquv yöq, lekin pudratçini tanlayotganda ham şaffoflik bölişini xohlagan bölardim. Balki “Rosatom” eng arzonga berayotgandir, balki muddati boşqaçadir. Butun qaror qabul qilişda işlatilgan ma’lumotlar oçiqlanişini va biz jamiyat sifatida bundan xabardor bölişimizni xohlagan bölardim.
Bu juda muhim narsa mamlakatimiz iqtisodiy ösişi uçun, qanaqadir ma’noda siyosat uçun ham. Muzokaralarda bu instrument bölib işlatilişi mumkinmi, degan savollar ham yöq emas. Siyosiy aspektlardan taşqari, iqtisodiy aspektlar ham juda köp savollar tuğdiradi. Biz neça puldan sotib olamiz elektr energiyasini, bu quyoş energiyasidan arzonroqmi, yoki kömir yoqişdan arzonroqmi? “Trade off” deydi, nimaning evaziga nimani almaşayotganimizni töliq körib olaylik, degan ma’noda yozgan edim.
— Umuman, energetika sohasida özgarişlar bölyapti. Energoregulyator taşkil etildi, may oyidan tariflar oşdi. Lekin svet öçişlari davom etayotganini kördingiz, kelganingizdan beri bu haqda Twitter'da yozib turibsiz. Endi oldinda, ya’ni keyingi bosqiçda sohada qanday işlar qilinişi kerak deb hisoblaysiz?
— Bu haqda juda köp gapirganman, Özbekistonda energotizim isloh qilinişi kerak. Islohot deganda vaqtinçalik narxini oşiraylik, keyin nimadir öylab topamiz degan narsa emas. 32-33 yil böldi, xuddi şu mexanizmda işlab kelyapmiz. Narx borasida energo işlab çiqaruvçilar hukumatga qimmatga elektr energiyasini sotadi, şişirilgan narxlarda. Hukumat buni qisman subsidiyalaydi, har xil yöllar orqali – pul, arzon gaz, arzon kreditlar orqali. Natijada jamiyat qiynaladi.
Bu narsani 100 marta yozganman, lekin yana qaytaraman. Energotizimdagi muammo şundaki, hukumat energetikani subsidiya qiladi. Ular sotib oladigan narx, ular keyingi qadamda sotadigan narxdan köra köproq. Qimmatga olib, arzonga sotişadi. Qimmatga olişda ham, arzonga sotişda ham savol bor. Qimmatga olişning sababi, energetika işlab çiqaruvçi korxonalar samarasizligidan, Bu samarasizligining sababi – ularda samarali işlaşga rağbat yöq. Oddiy misol, siz energetika korxonasining boşqaruvçisisiz, sizda yagona rağbat iloji boriça samarasiz işlaşingiz, iloji boriça xarajatlaringiz köp bölişi kerak. Iloji boriça samara kamroq bölişi kerak. Bu sizga ğalati körinişi mumkin, lekin siz ertaga hukumatning oldiga kelganingizda, xarajatim 1000 söm, işlab çiqarişim 100 söm, farqini tölab bering, deb aytasiz. Demak, agar sal samarali texnologiya qöyib, samarali jarayon taşkil qilsangiz, hukumat sizga rağbat bermaydi, narxni oşirmay qöyadi, xolos. Işlab çiqaruvçi narxni şişirişga, hukumat tuşirişga harakat qiladi. Lekin natijada bu narsa uçun jamiyat tölaydi. Hukumat milliardlab dollar subsidiyalaşga ajratadi, bizning pulimiz şu narsaga işlatilib ketadi.
Energetika islohoti nisbatan oson islohot, lekin uni qançalik çözib borsangiz, xarajat şunça qimmatga tuşadi. Narx oşirildi degani yaxşi böladi degani emas, islohot qilinişi kerak. Islohot qilinsa, narx balki oşar, lekin “narx oşişi = islohot” degani emas.
Hukumat qaçon bizda energiya bozoriga yetamiz, va buning uçun nima qilişimiz kerakligi haqida bizga xabar berişini xohlardim. Narxni oşiramiz, bunaqa islohot qilamiz, generatsiyani xususiylaştiramiz, mana buning hisobiga samaradorlikni oşiramiz, energiya bozorni yaratamiz, degan qadamlarni aytib, 2026 yilga borib budjetdan subsidiya olmaymiz degan gapni aytişsa, islohot qilişyapti derdim. Hozir esa narxlar avvalgidek indeksatsiya qilinyapti.
— Yuridik şaxslar muayyan limitdan köproq energiya sarf qilsa, ortiqça işlatilgan energiya uçun ikki barobar narxda hisob-kitob qilinadigan bölyapti. Siz öz kanalingizda bu çorani qimmat xato deb atadingiz. Şu masalaga ham töxtalib ötsangiz.
— Energoresurslar boşqa tovarlar singari bozorda sotilişi kerak. Hozir yuridik şaxslar energetika uçun bozor narxida tölaşyapti. Ya’ni bugungi kunda, sizning studiyangiz yuridik şaxs bölgani uçun katta ehtimol bilan bozor narxida tölayapsiz. Deylik, Özbekistonda katta tadbir bölib qoldi-da, sizlar köp intervyu qilişni, köproq jurnalistlarni işga olişni boşladingiz. Şu oyda elektr energiyasi iste’moli köpaydi. Hukumat bunaqa bölib qolsa, sizlarni jazolaymiz deyapti. Ya’ni sizlar bir oy oldin kelajakdagi iste’molingizni köra olişingiz kerak. Şu qanaqadir ğalati tuyuladi. Bu samarali, rivojlanayotgan korxonalarga nisbatan soliqdek.
Yoki masalan, siz peraşka sotasiz, bugun 100 ta sotdingiz, ertaga köproq. Nimadir bölib, sizning peraşkangiz hammaga yoqib qoldi-da, 1000 ta odam keldi. Sizda energiya xarajati 10 barobarga köpayib ketdi. Siz yaxşi işladingiz. Ösiş trayektoriyasida bölgan korxonalarga jazolovçi instrument öylab topyapmiz.
Siz birinçi oy 1000 kWh, ikkinçi oy 2000 kWh işlatyapsiz, ammo iqtisodiy qiymat yaratyapsiz. Şu narsa uçun sizni jazolaş qançalik maqsadga muvofiq? Bu narsa mavjud korxonalarga nisbatan, ösmayotgan korxonalarga normal, lekin ösayotgan korxonalarga, yangi korxonalarga nisbatan juda mantiqsiz qarordek tuyuldi.
Energetiklar buni energetikaga kelajakdagi talabni biliş uçun qilişyapti, ularga har bir korxona 100 kWh'dan işlatsa, ha bizda 10 ta korxona bor, demak bizga 1000 kWh kerak deydi. Şuni başorat qila oliş qimmatli narsa, şuning uçun ularga qolsa, hamma belgilangan limitni işlatsin-da, jim ötirsin. Lekin yuridik şaxslarga bunday jazolovçi çoralar yomon hisoblanadi.
Haqiqiy islohot qiladigan bölsak, energetiklar köproq işlatinglar degan bölardi. Masalan, hozir siz köproq suv sotib olsangiz, suv işlab çiqaruvçi sizni jazolamaydi. Mendan köproq olsin deydi. Bizda energetika şu qadar haqiqiy bozordan uzoqki, işlatadiganni jazolayapti. Demak, bu tovar emas, bu qanaqadir ne’mat va biz uni bölib olişimiz kerak. Lekin aksinça, u tovar bölişi kerak. Energetiklar tiğiz bölmagan paytda yoqsangiz, arzonroq qilib beraman deb aytişi kerak balki. Çunki ular tovarni sotişga qiziqişi kerak. Hozir esa ularning maqsadi sotiş emas, taqsimlaş. Byurokratlardek işlaşyapti, foyda keltiruvçi korxonadek emas. Bizda GM ham şunaqa-ku, ularda maqsad maşina sotiş emas, maşinani taqsimlaş – olibsotarlarga qarşi kuraşadi va hokazo…
— Ikkalasida ham bir xil muammo – bozor yöqligi. Avtosanoatda raqobatli bozor yöq, yagona monopolist bor. Energetikada ham şunday.
— Lekin avtomobil bozori energetika singari yomon bozor emas. Energetika ança yomonroq bozor. Avtomobil bozori yomon, bojlar bilan himoyalangan, lekin energetika bozori bilan soliştirganda, özbekça aytsa, ölsa öligi yaxşi. Men ham har bir özbekistonlik singari avtomobil bozorini sevmayman, lekin sizlar energetika bozori qançalik haqiqatdan yiroqligini bilsangiz, avtomobilnikidek bölsa, yaxşiroq edi degan bölardingiz. Şu darajada notöğri tizimlaştirilgan.
Energetika bozorida siz heç qaysi narxga energetikani sotib ololmaysiz. Avtomobil bozori ham yomon, lekin qimmat bölsayam, çet el maşinasini sotib ola olasiz. BYD sal qimmatdir, lekin sotib ola olasiz. Lekin uyingizda svet öçsa, boşqa joydan svet sotib ololmaysiz. Umuman texnologik ma’noda imkon mavjud emas.
— Oxirgi paytlarda iqtisodiy yangiliklar orasida davlat budjeti defitsiti mavzusi doimiy tilga olinyapti. Yil boşidan beri budjet daromadlari 111 trln söm, xarajatlari esa 148 trln söm bölgan. Buning iqtisodiyotga, inflatsiyaga ta’siri qanaqa böladi, umuman özbekistonliklar budjet defitsiti masalasiga qanday qaraşi kerak?
— Budjet defitsiti – buxgalterlik nuqtayi nazaridan, tuşumlardan köra xarajatlarning köpligi. Bu uy xöjaligi darajasida ham, korxonalar darajasida ham bölişi mumkin. Uy xöjaliklari 10 yillab ham taqçillikda kun keçirişlari mumkin, lekin rusça aytganda yöl oxirida bir nur körinadimi, yöqmi?
Budjet taqçilligini asosiy qutqaradigan narsa – “mayli, bizda hozir taqçillik bölyapti, lekin 5 yildan keyin, 10 yildan keyin nurli kelajakda bizning daromadlarimiz köp böladi-da, biz hozirgi qarzlarimizni yopib yuboramiz” degan nazariya bor. Oila nuqtayi nazaridan qarasak, er-xotin ikkalasi ham öqiyapti, ularning xarajatlari topişidan köra köproq. Öşa xarajatini bankdan qarz olib yopyapti. Ular qanday öylaydi – 4 yil öqiymiz, öqişni bitirgaç, işga kiramiz, katta oylik olamiz va qarzlarimizni yopamiz. Qaysidir momentda taqçillik muammo bölmasligi mumkin, agar sizda reja bölsa.
Aytmoqçimanki, hozirgi xarajatlarimiz bizga kelajakda köproq daromad topişga yordam beruvçi xarajatlar bölişi muhim. Oila misolida gaplaşsak, u oila öqimasdan, olgan qarzi hisobidan diskotekaga borsa, ularning 4 yildan keyin ham daromadi köpaymaydi va ularda taqçillik muammoga aylanişi mumkin. Muhim falsafiy savol – budjet taqçilligi bizni boyituvçi narsalarga ketyaptimi yoki yöqmi degan savol.
Özbekiston Konstitutsiyasida bu savolga javob berişi kerak bölgan institut – parlament. Parlament har yili budjetni qabul qiladi, unda xarajatlarimiz köpmi? Köpçilik ha köp deyişi mumkin. Demak körpaga qarab oyoq uzatişimiz, xarajatlarni qisqartirişimiz kerak. Savol: qayerda kesişimiz kerak xarajatlarni, nimalarga kamroq sarflaşimiz kerak? Iqtisodçi sifatida fikrim, ertaga foyda keltirmaydigan narsalardan voz keçişimiz kerak.
Deylik, bir deputat maktabning tomini almaştiriş kerak deydi, yana biri esa gullar festivalini ötkazişimiz kerak deydi. Yoki quyonlar festivali. Tomni yopiş qançaga tuşadi, festival qançaga tuşadi? 10 ta tomni yamaş mumkindir bitta festivalni ötkazişga? Savol tuğiladi: tomni yamaş bizga nima olib keladi? Ta’lim darajasi yaxşiroq böladi, bolalar yaxşiroq öqib, ertaga soliq tölovçi böladi deyişingiz mumkin. Quyonçilik festivalini ham kimdir aytişi mumkin, festival quyonlarni yaxşi boqişga, quyonboqarlar ertaga bizni boyitişga olib keladi deyişi mumkin. Şu narsalar ustida diskussiya qilinadigan maydon va qonuniy makon – parlament. Biz jamiyat sifatida tanlaşimiz kerak. Qaysi xarajatni kesişni hukumat emas, parlament hal qilişi kerak. Çunki hukumatda doim qisqa rejalari böladi.
Hukumat konstitutsiyada belgilangani kabi ijroçi bölişi kerak va uni yaratişda qarorni bajaruvçi sifatida qatnaşişi kerak. Bu mening idealimdagi Özbekiston. Balki buning natijasida defitsit ham epaqaga kelib qolgan bölardi.