Feygin bu haqda Nino Rosebaşviliga bergan intervyusi davomida aytgan. Suhbat davomida öz vaqtida Zelenskiy ma’muriyati a’zosi bölgan Aleksey Arestoviçning rossiyalik jurnalist Kseniya Sobçakka intervyu bergani muhokama qilingan. Feygin bu savolga javob berar ekan Arestoviç Kreml işongan odamlardan pul olişini aytgan.

«Arestoviç antiukrainaçi propaganda vakiliga aylandi. Sobçakka intervyu berdi. Endi navbat kimga, Solovev yoki Skabeyevagami?» degan Feygin. Uning sözlariga köra, Arestoviçga Kreml işongan bir qator odamlar, xususan, Viktor Medvedçuk tomonidan moliyaviy yordam körsatilmoqda. Vositaçi sifatida esa göyoki jurnalist Aleksey Venediktov iştirok etgan.

«Biz efirga çiqmay ketganimizdan keyin Arestoviçga Ukraina prezidenti böliş istagi paydo böldi. Albatta, bunga hammaning haqqi bor, unda kerakli bilim, ma’lumotlar ham yöq emas, lekin u negadir istagiga har qanday yöl bilan erişişga tayyor bölib qoldi. Kreml esa uning bu istagidan foydalana boşladi», degan Feygin.

Ma’lumot uçun, Feygin va Arestoviç Rossiyaning Ukrainaga bosqini boşlangaç, har kuni YouTube'da jonli efirlar qilib, frontdagi holatni tahlil qilib borişardi. Efirlardan birida Arestoviç Ukrainadagi uylardan biri havo hujumidan mudofaa tizimi urib tuşirgan raketa qoldiqdari oqibatida vayronaga aylangani haqida xabar beradi. Kiyev esa uy ruslar raketasi kelib tuşişi oqibatida vayron bölganini ma’lum qilgandi.

Şundan keyin uruş boşida Zelenskiy ma’muriyatida bölgan Arestoviç hukumatdan uzoqlaşdi va Feygin bilan efirlarni ham töxtatdi. Keyin Ukrainani tark etib, Kiyevni tanqid qilişga ötdi. Unga qarşi Ukrainada ham, Rossiyada ham jinoiy iş oçilgan.