Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakat Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşining (MXMK) alohida jazo çoralarini qöllaş töğrisidagi qarorini kuçga kiritadigan farmonni imzoladi.

Umumiy hisobda 76 kişi va 81 ta kompaniyaga qarşi çeklovlar joriy etildi. Sanksiyalar röyxatiga kiritilganlar orasida Ukraina prezidenti ofisi rahbarining sobiq maslahatçisi Aleksey Aristoviç ham bor — u mamlakatdan çiqib ketgan.

Aprel örtalarida Arestoviç MXMKning jurnalist va blogerlarga qarşi sanksiyalari tufayli Ukraina hukumatini tanqid qilgandi. Xususan, u sanksiyalar siyosiy raqiblarga qarşi çora köriş vositasiga aylanib qolganini aytgan.

Aleksey Arestoviç 2023 yil yanvarda, Dniprodagi turar joy binosini vayron qilgan Rossiya raketasini Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimi urib tuşirgan bölişi mumkinligi borasida öz taxminini bildirganidan keyin, Ukraina prezidenti ofisi rahbarining maslahatçisi lavozimini tark etgandi.

Ukrainada Arestoviçga qarşi ikkita jinoyat işi qözğatilgan — ulardan biri «zöravonlikni tarğib qilgani» uçun (videodagi ayollar haqidagi sözlari tufayli), ikkinçisi — yolğon guvohlik bergani uçun (Oliy rada deputati bilan rus tili borasida yuzaga kelgan mojaro sabab).

Rossiyada Arestoviç terrorizmga ommaviy çaqiriqlar va rus armiyasi haqida «feyklar» tarqaganlikda ayblanmoqda. U «Rosfinmonitoring»ning «terrorçi va ekstremistlar» röyxatiga kiritilgan va sirtdan hibsga olingan.