«Men madaniyatli xulq-atvorning namunasini körsatmoqçiman: jiddiy xato qilindimi – demak iste’foga», – deya izohladi Arestoviç öz qarorini va ijtimoiy tarmoqlarda arizasining suratini ilova qildi.
«Ötgan safar men ketganimda, bir yarim oy ötib uruş boşlangandi. Köramiz, bu safar nima bölarkin», – deya qöşimça qilgan u postga.

Prezident matbuot kotibi Sergey Nikiforovning sözlariga köra, Ukraina prezidenti ofisi apparati rahbari Mariya Vituşok Arestoviçni iste’foga çiqariş töğrisidagi buyruqni imzolagan.
Bu şov-şuvli iste’fo Arestoviçning rossiyaliklar raketasi Dniprodagi turar joy binosiga kelib tuşişi böyiça tekşirilmagan ma’lumotni bayon qilgani bilan boğliq.
Mojaro
14 yanvar kuni Aleksey Arestoviç «Feygin Live» YouTube-kanali efirida Dniprodagi turar joy binosining bir qismini yakson qilgan raketa Ukraina havo hujumidan mudofaa kuçlari tomonidan urib tuşirilgani, köp qavatli bino ustiga tuşgani va portlagani haqida aytgandi.
Bu ma’lumot darhol Rossiya naşrlari tomonidan keng tarqatildi. Ukrainadagi köpçilikning hisoblaşiça, şoşmaşoşarlik bilan e’lon qilingan bu bayonot Rossiya propagandasi foydasiga xizmat qilgan.
Hatto Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham Dniprodagi vaziyatni şarhlarkan, Arestoviçning sözlariga havola qildi.
Ukraina qurolli kuçlari aviatsiyasi qömondonligi tezlik bilan Arestoviçning sözlarini rad etdi va ukrainalik harbiylarda tovuş tezligida harakatlanuvçi X-22 raketasini urib tuşiriş imkoniyati yöqligini bildirdi. Buni harbiy ekspertlar ham tasdiqlaşdi.
Şu tufayli Arestoviçning bayonoti ijtimoiy tarmoqlarda qoralandi va prezident ofisidan uni egallab turgan lavozimidan ozod etiş talabi bilan çaqiriqlar yangradi.
15 yanvar kuni tuşdan keyin Arestoviç özining bu sözlariga yaxşi uxlamayotgani va ma’lumotni tekşiriş uçun vaqt bölmaganini sabab qilib keltirdi.
U bu haqda öz telegram-kanalida yozdi. Avvaliga Arestoviç uzr söragandi, keyin öz uzrini qaytarib oldi.
«Yigitlar, men şunçaki çarçadim. 320 kun davomida boşqa işlarga qöşimça ravişda keçqurungi jonli translatsiyalar, doimiy uyqusizlik, doimiy axborot yuklamalari, komandirovkalari. Kuniga millionlab kontaktlar va barçasi ... «öta şoşilinç va «öta muhim» informatsiyalar», – deya tuşuntiradi u özining uruş davridagi işlaş şaroitini.




















