Ukraina prezidenti devonining ştatdan taşqari sobiq maslahatçisi Aleksey Arestoviç navbatdagi prezidentlik saylovida iştirok etiş niyatida. Mamlakatda harbiy holat joriy qilingani sababli saylovning sanasi hozirça noma’lum.

«Ha, men nomzodimni qöyaman», deb javob berdi u «Interfaks-Ukraina» jurnalisti söroviga javoban.

Arestoviç, şuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan Ukrainadagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy va boşqa islohotlarga oid takliflar özining saylovoldi dasturi ekanini tasdiqladi.

«Dastur mutaxassislar tomonidan yakuniga yetkaziladi, men uni muhokama qiliş uçun e’lon qildim. E’tirozlar, fikrlar, maslahatlar, tanqidlar qabul qilinadi», deb yozdi u.

Ukrainada navbatdagi prezidentlik saylovi 2024 yil bahorida bölib ötişi kerak, ammo hozirda jamiyatda ularni harbiy holat şaroitida ötkaziş imkoniyati va zarurligi muhokama qilinmoqda.

Arestoviç 2020 yil dekabridan 2023 yil yanvarigaça Ukraina prezidenti devonining mustaqil maslahatçisi bölgan. U futurologik prognozlari bilan tanilgan. Arestoviçning qaraşlari va bayonotlari köpinça ommaviy axborot vositalarining e’tiboriga tuşadi va jamoatçilik muhokamalariga sabab böladi. U, xususan, taşviqot yuritgani uçun köp tanqid qilingan.