Kun.uz'ning Yaponiyaga ijodiy safari tadbirkor Murod Nazarovning kömagi bilan amalga oşgan edi. U safar davomidagi suhbatimizda Yaponiyada ötgan baxtli talabalik yillari, bu xalqdan nimalarni örgangani, tutingan yapon ota-onasi haqida sözlab berdi.
– Yaponiya siz uçun nima?
– Yaponiya men uçun sifat, insonga bölgan hurmat, çiroyli tabiat, yuqori texnologiyalar va birdamlik. Murod Nazarovning şakllanişida Yaponiyaning örni juda ham katta. Yaponiyaning eng qimmatli narsasi – uning xalqi, ularning odobi, xulqi, madaniyati.
– Yaponiyaning siri nimada?
– Vataniga, tarixiga nisbatan juda fidoyi ular. Har bir şaxs özini Yaponiyaning bir parçasi deb biladi. Biz kuzatadigan holat: futbol öyinlaridan keyin yapon tomoşabinlari ötirgan joyini tozalab ketadi. “Men Yaponiyaning bir parçasiman, menga qarab baho berişadi”, degan tafakkurda yaşaşadi.

Ularga biror nimani örgatsangiz, puxta bilib olmagunça savol berişni töxtatişmaydi. Javobini topgaç, ilmiy yondaşib işni puxta bajarişga harakat qilişadi. Fukuşimada (Yaponiyadagi şahar – tahr.) zilzila bölib, atom reaktori portlaganda uni öçiriş kerak edi. Ustidan vertolyot uçiriş kerak böldi. Ammo vertolyot erib ketişi aytildi, uçuvçisi bilan birga albatta. Şunda minglab köngillilar şu işni qilişga tayyorligini bildirdi.
– Yaponiyada öqituvçi
– Yaponiyada öqituvçini «sensey» deb çaqirişadi, juda ham hurmati baland insonlar hisoblanadi. Öqituvçilar ham özini boşqaça tutadi, ğöddayibroq, bu ularga yaraşadi ham. Talabalik paytimizda öqituvçilar xuddi özining farzandiga gapirgandek maslahatlar berişardi, talabalar ham şuni yaxşi qabul qiladi. Yaponiyadagi talabalik paytlarim umrimning eng gözal paytlari böldi.
– Yaponiya qanday oyoqqa turgan?
– Katta bosim, qiyinçilikdan söng katta içki kuç uyğonadi. Ikkinçi jahon uruşida mağlubiyatga uçragandan keyin yaponlar katta içki mafkurasini, ğoyasini işga soldi. Içki ruhiy portlaş hisobiga yaponlar kuçaygan. Ruhiyat birinçi örinda turadi baribir, ruhiyat kuçli bölmasa, bilimlar foyda bermaydi. Yapon xalqida aynan şu ruhiy kötariliş paydo bölgan.

















