Ukrainada uruşning 864-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Krasnodar ölkasida dronlar hujumi oqibatida uyali aloqa minorasi hamda neft baza şikastlandi.
  • Marin Le Pen öz partiyasi saylovlarda ğalaba qozongan taqdirda, Ukraina fransuz qurollari bilan Rossiya hududiga zarba berişi taqiqlanişini aytdi.
  • «VKontakte», RF boş prokuraturasi talabi bilan, öylab topilgan Z-şoir Gennadiy Rakitinning akkauntini blokladi.
  • RF mudofaa vazirligi Donetsk oblastidagi Sokol qişloği egallangani haqida xabar berdi.
  • Rossiyalik kuraşçilar Parijdagi Olimpiadada iştirok etişdan boş tortişdi.
  • Tergov uruşda halok bölgan general Oleg Tsokov 58-armiyaning sobiq qömondoni Ivan Popovga qarşi qözğatilgan işga aloqadorligini tasdiqladi.

Çasiv Yarda RF qöşini tomonidan egallangan Kanal rayoni

4 iyul kuni Ukraina mudofaa vazirligi Donetsk oblastining Çasiv Yar şahri şarqidagi Kanal mikrorayonining vayronalari aks etgan fotosuratlarni namoyiş etdi. Şu kuni «Xortitsa» operativ qöşinlar guruhi rasmiy vakili Nazar Voloşin Ukraina qurolli kuçlari mazkur hududdan çekinganini ma’lum qildi — mikrorayon töliq vayronaga aylangan. Voloşinning sözlariga köra, bu hududni uşlab turişdan «ma’no qolmagan»: «Bu harbiy xizmatçilar hayoti va soğligiga xavf tuğdirardi». U Rossiya qöşini şaharda faol harbiy harakatlarni töxtatmayotganini qöşimça qilgan.

Kanal rayoni — Çasiv Yarning Severskiy Donets— Donbass kanali ortidagi şarqiy qismi hisoblanadi. Tepaliklarda joylaşgan şaharni rayondan suv tösiği ajratib turadi. Bu hududda 2024 yil bahoridan buyon jang ketmoqda. Ğarbdagi harbiy tahlilçilar rossiyaliklar bu janglarda katta yöqotişlarga uçraganini aytişgan.

Çasiv Yarning vayron bölgan rayonining yuqoridan körinişi
Press service of 24 Mechanized brigade / EPA / Scanpix / LETA
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images