2024 yilning II çoragi davomida davlat budjetiga soliq tuşumlari qariyb 45,5 trln sömni taşkil etdi. Bu – ötgan yilning mos davriga nisbatan 18,4 foizga köp, deya ma’lum qildi Soliq qömitasi.

II çorakda barça soliq turlari böyiça ösiş kuzatilgan. Eng yuqori ösiş – mol-mulk soliği – 45 foiz. Keyingi örinlarni esa aksiz soliği (36,6 foiz) va QQS (26,5 foiz) egalladi.

Soliq turlari kesimida tuşum (ötgan yilning mos davriga nisbatan ösiş)lar quyidagiça:

  • foyda soliği – 9,5 trln söm (10,6 foiz);
  • QQS – 9,4 trln söm – (26,5 foiz);
  • JŞODS – 9,2 trln söm – (18,7 foiz);
  • aksiz soliği – 4,6 trln söm – (36,6 foiz);
  • yer qa’ridan foydalanganlik uçun soliq – 4,1 trln söm (16,2 foiz);
  • yer soliği – 2,2 trln söm (32,1 foiz);
  • mol-mulk soliği – 1,8 trln söm (45 foiz);
  • AOS – 756,1 mlrd söm (1,7 foiz);
  • suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliq 186,1 mlrd söm (0,4 foiz).

I çorakda budjetga soliq tuşumlari 40,3 trln sömni taşkil qilgandi. Şu raqamlardan kelib çiqilsa, 2024 yilning 6 oyida soliq tuşumlari 85,8 trln sömni taşkil qilgan. Bu – ötgan yilning birinçi yarmidagi körsatkiçdan 11,4 foizga köp.

Avvalroq 2024 yilning birinçi yarmida davlat budjeti defitsiti 34 trln sömdan oşgani xabar qilingandi. 6 oyda davlat budjeti daromadlari 115,8 trln söm, xarajatlari esa 149,8 trln sömni taşkil etib, taqçillik 34 trln sömga yetgan. Bu – bir yil oldingi körsatkiçdan qariyb 27 foizga köp.