Stoltenberg Xitoyni Ukrainaga qarshi agressiyaning tashkilotchisi deb atadi
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Ukraina hududidagi qurolli to‘qnashuvlar Rossiya, Xitoy, KXDR va Eron qanchalik chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatishini aytdi. U Xitoyni “Rossiyaning Ukrainaga qarshi agressiyasining bosh tashkilotchisi” deb atadi.
«Rais Si va prezident Putin, ularning barchasi NATO va AQSh Ukrainada muvaffaqiyatsizlikka uchrashini istashadi. Agar Putin Ukrainada g‘alaba qozongudek bo‘lsa, bu nafaqat prezident Putinga, Si Jinpingga ham dadillik bag‘ishlaydi. Yaponiya bosh vaziri aytganidek, Ukrainada bugun bo‘layotgan voqealar ertaga Osiyoda ro‘y berishi mumkin», — degan Yyens CBS Newʼsʼga bergan intervyusida.
Stoltenberg NATO bloki AQShga jumladan Xitoy bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun ham kerakligini qo‘shimcha qilgan. Uning qayd etishicha, alyans bu masalani ham tartibga sola oladi, chunki NATOda umumiy yalpi ichki mahsuloti jahon YaIMning yarmidan oshadigan 30 dan ziyod ittifoqchilar to‘plangan.
Iyul oyining boshida NATO bosh kotibi Xitoyga bosim o‘tkazish uchun Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya va Yangi Zelandiya bilan hamkorlikni chuqurlashtirish niyatida ekanini ta’kidlagan edi. Pekin bunga javoban blokning bunday bayonotlarini tanqid ostiga oldi va Osiyo-Tinch okeani mintaqasida o‘z manfaatlarini himoya qilishda davom etishini aytgan.
Tavsiya etamiz
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?
Jahon | 20:11 / 20.01.2025
Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
O‘zbekiston | 19:59 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp inauguratsiya marosimida: «AQSh hukumati faqat ikki jinsni tan oladi»
Jahon | 03:50
-
The Guardian: Xalqaro jinoiy sud «eng yomon ssenariyga» tayyorlanmoqda
Jahon | 00:50
-
Latviyada Rossiya fuqarolarining ayrim sohalarda faoliyat yuritishi taqiqlanadi
Jahon | 00:18
-
Eron prezidenti Kremlda muzokaralarga kech qolgan Putinni kutishdan bosh tortgan
Jahon | 23:42 / 20.01.2025
Mavzuga oid
22:48 / 20.01.2025
Xitoy raketasi navigatsion tizimlarga ega sun’iy yo‘ldoshlar guruhini orbitaga olib chiqdi
22:45 / 20.01.2025
Ukrainada Xarkiv mudofaasini ta’minlay olmagan ikki general hibsga olindi
22:37 / 20.01.2025
Xitoylik qiz mushugi tufayli ish va mukofotdan mahrum bo‘ldi
20:22 / 20.01.2025