Toşkent viloyatining Örta Çirçiq tumanida gaz ta’minoti bölimi boş muhandisi tezkor tadbirda qölga tuşdi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, “Örta Çirçiq tumangaz” gaz ta’minoti bölimi boş muhandisi S.S. tezkor tadbirda 8 500 AQŞ dollari pora bilan uşlangan. U uşbu pullarni tumandagi non va qandolat mahsulotlari işlab çiqariş sexini gaz tarmoğiga ulaşga ruxsat beriş hamda elektron hisoblagiç örnatiş evaziga pora tariqasida olayotgan bölgan. 

Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tuman gaz ta’minoti korxonasi boş muhandisi S.S. protsessual tartibda uşlangan. Hozirda jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq pul evaziga qarzdorliklarni yöq qilib bermoqçi bölgan Andijonda elektr tarmoqlari korxonasi elektromontyori, Toşkentda suv ta’minoti taşkilotining inspektori va Samarqandda “Hududgaz” xodimi tezkor tadbirlarda uşlangani xabar qilingandi.