Xitoyning iqtisodiy jihatdan juda tez rivojlanib borişi fonida, 2000-yillarda qator ekspertlar tomonidan yuanning “yangi dollar” bölişi prognoz qilingandi. Xöş, nega yuan dollar örnini egallay olmadi?

The Economist'ning Xitoy Markaziy banki ma’lumotlariga tayanib yozişiça, ayni paytda rasmiy Pekin moliyaviy operatsiyalarining sezilarli qismini yuanda amalga oşiryapti. Uşbu yutuqlarga qaramay, Xitoy valutasining mavqeyi dastlabki kutilmalarga nisbatan ança kamtarona körinadi.

2008 yildagi jahon iqtisodiy inqirozi keçayotgan bir paytda Goldmen Saçs’ning taniqli iqtisodçilari 2020 yilga borib yuan valuta zaxiralarining 15-20 foizini taşkil etişini başorat qilgandi. Amalda esa, 2014 yili Xitoy valutasi dollarga nisbatan özining eng yuqori qiymatiga erişdi, lekin şundan beri 16 foizga zaiflaşdi. 2015 yildagi muvaffaqiyatsiz devalvatsiya kapitalning katta miqdorda mamlakatdan çiqib ketişiga sabab böldi va yuanga nisbatan “langar valuta” sifatidagi işonç pasaydi.

Şunga qaramay, yuan 2016 yilda Xalqaro valuta jamğarmasining zaxira valutalari savatiga kiritildi. Ammo uning global valuta zaxiralaridagi uluşi kutilganidan ança pastligiça qolmoqda. Xitoy valutasi 2010-2018 yillar davomida Şarqiy Osiyo valutalari almaşuv kurslarining atigi 9 foizini taşkil qilgan.

XVJning sönggi ma’lumotlariga köra, markaziy banklar tomonidan yuanda saqlanayotgan zaxiralar uluşi 2,15 foizni taşkil etadi. Bu körsatkiç 2023 yilda 2,29 foizni, 2022 yilda 2,61 foizni, 2021 yilda esa 2,8 foizni taşkil etgan.

Nega yuan dollarga raqobat qila olmayapti?

Yuanning potensial salohiyati haqidagi ijobiy prognozlarga qaramay, Xitoy valutasining xalqaro qöllaniş darajasi mamlakat iqtisodiyoti, savdo qudrati va geosiyosiy ta’siriga nisbatan pastligiça qolyapti. Bunga bir qança omillar ta’sir qilayotgan bölişi mumkin.

Birinçidan, Xitoy hukumati öz valutasini liberallaştirişni va pulning mamlakat iqtisodiga erkin kirişi va çiqişiga ruxsat berişni istamayapti. Ya’ni Xitoyda qattiq kapital nazorati örnatilgan. Global miqyosida iqtisodiy qudrati oşib borayotganiga qaramay, rasmiy Pekin keskin kapital nazoratini yumşatiş uçun sezilarli iş qilmadi, bu esa kompaniyalar yoki jismoniy şaxslarning Xitoy çegaralaridan taşqarida yuandan foydalanişni kengaytirişiga tösiq bölyapti.