Raqobat qömitasi raisi Xalilillo Töraxöjayev Farğona viloyatida sement işlab çiqariş sohasidagi tadbirkorlik sub’yektlari bilan oçiq muloqot ötkazdi.
Qömita xabariga köra, Andijon viloyatidagi “Shangfeng-bridge of friendship” MÇJ tomonidan içki bozorga tannarxdan past narxlarda sement realizatsiya qilinayotgani va buning oqibatida qolgan korxonalar bankrotlik yoqasiga kelib qolayotgani yuzasidan boşqa tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan qömitaga murojaat kelib tuşgan.
Şunga asosan, bu holatda demping alomatlari mavjudligini komission tartibda körib çiqiş uçun Raqobat qömitasi tomonidan kompaniyaga sörov kiritilgan, lekin bu ma’lumotlar vaqtida taqdim etilmagani sababli ayni vaqtda MÇJga nisbatan belgilangan tartibda iş qözğatilgan.
Oçiq muloqotda Farğona, Andijon va Namangan viloyatlarida faoliyat olib boruvçi 13 ta sement işlab çiqaruvçi tadbirkorlik sub’yekti vakillari iştirok etdi. Ular özlarini qiynab kelayotgan sohadagi 5 ta asosiy muammoni kötardi. Kötarilgan muammolar yuzasidan holatni batafsil örganib çiqib, hukumatga aniq asoslantirilgan takliflar kiritilişi tadbirkorlarga tuşuntirildi, deyiladi rasmiy xabarda.

















