Ikki yil muqaddam Rossiya Severodonetskni egallagandi. Hozirda şahar uçun janglar vaqtida halok bölgan tinç aholi vakillarining ommaviy qabrlari eksgumatsiya qilinmoqda
Severodonetsk Luhanskdan taxminan 70 kilometr masofada joylaşgan. 2014 yilda, «LXR» Luhanskni egallaganida Luhansk oblastining Ukraina nazorati ostidagi qismining vaqtinça ma’muriy markazi Severodonetsk şahri bölib qoladi. RF qurolli kuçlari Ukrainaga keng kölamli bosqin boşlagaç, 2022 yil martida mazkur şahar uçun ham janglar boşlanadi va bu harbiy harakatlar iyun oyi oxiriga qadar davom etib, yakunda Severodonetsk töliğiça Rossiya qöşini nazoratiga ötadi. Janglar vaqtida şahardagi qabristonlar muntazam ravişda öqqa tutilgan, şu tufayli halok bölgan tinç aholi vakillari Severodonetsk çekkasidagi Lesnaya Daça posyolkasidagi ibodatxona yaqiniga kömilgan. Şahar egallanganidan ikki yil vaqt ötib, 2024 yil iyul oyi boşida, Rossiya hukumati ommaviy qabrlardan 50 dan ortiq kişining jasadlarini çiqarib oldi, ularning aksari jarohatlardan vafot etgan. Rossiyaning TASS agentligi xabariga köra, ommaviy qabr 12 qatordan iborat bölib, bu yerda jami 250 nafar atrofida odam kömilgan bölişi mumkin. Eksgumatsiyadan keyin ekspertlar qurbonlarning şaxsini aniqlaş maqsadida DNK namunalarini olişadi. Keyin ular qabristondagi alohida qabrlarda qaytadan dafn etiladi.

Yevgeniy Biyatov / RIA Novosti / Sputnik / Profimedia

Aleksandr Reka / TASS / Profimedia

Aleksandr Reka / TASS / Profimedia




























