Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida 40 ming dollarga 15 sotix yer maydoni olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
O‘rta Chirchiq tumani hududidan 15 sotix yer maydoni olib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda prokuratura departamenti xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yangihayot tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda, fuqaro K.R. fuqaro Sh.A.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari yordamida Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani “Evalak” MFY hududidan 40 000 AQSh dollari evaziga 15 sotix yer maydonini kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib olib berishini aytib, oldindan 20 000 AQSh dollari va 6,4 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
20:06 / 15.06.2026
Yer va unda qurilgan mulkka oid huquqlarni e’tirof etish jarayoni soddalashtirildi
08:30 / 02.06.2026
Suv fondi yerlarini ijaraga berishning yangi tartibi joriy etildi
13:45 / 17.04.2026
O‘rta Chirchiqda xonadonda chiqqan yong‘inda 4 kishi halok bo‘ldi
09:40 / 06.04.2026