Toşkent viloyatining Çinoz tumanida öz keliniga şilqimlik qilgan qaynota ma’muriy jazoga tortildi. Kun.uz sud qarori bilan tanişdi.

Sud hujjatida keltirilişiça, 1954 yilda tuğilgan M.K. 2024 yil 27 iyun kuni soat 17:30larda kelini M.N.ni işxonasi yonidan maşinasiga mindirib, uyga olib ketayotganida unga şahvoniy şilqimlik qilgan. Qaynota kelinining şa’ni va qadr-qimmatini tahqirlab, nomaqbul xatti-harakatlarni sodir qilgani aniqlangan.

Huquqbuzar sudda aybiga qisman iqrorlik bildirgan.

“Öşa kuni kelinimni işdan uyga olib kelayotganimda maşinani yöl çetida töxtatdim. Çang tekkanini aytib, uning qölidan uşladim, söngra yaxşi körişimni, bu xaqda öğlimning ham xabari borligini aytdim. Hozirda qilgan işimdan puşaymonman”, degan u sudda.

Erkak suddan oilaviy şaroiti oğirligini inobatga olib, yengillik berişni söragan.

Jabrlanuvçi esa öşa kuni işdan çiqqanida qaynotasini körganini, qaynotasi unga uyga olib borib qöyişini aytganini ma’lum qilgan.

“Yölda maşinani töxtatib, qölimdan uşladi va yaxşi körişini, agar iş joyimdan ruxsat olsam Samarqand şahriga olib borib, aylantirib kelişini aytdi. Qölimni tortib olib, uyga olib borib qöyişini aytdim. Ammo uyga kelgaç holatni heç kimga aytmadim. Ertasi kuni yana işdan çiqqan vaqtimda qaynotam kutib turganini kördim. Söngra uyga kelib, bu holatni turmuş örtoğimga aytdim. Biroq turmuş örtoğim gapimga işonmadi”, degan kelin.

Söngra u holatni qaynopasiga aytgan va uning telefonidan qaynotasiga qönğiroq qilib, bir kun oldingi voqeani söragan. Şunda qaynotasi unga yana şilqimlik qilgan. Şundan söng turmuş örtoği uni qizlik uyiga olib kelib qöygan.

Kelinga köra, hozirda u turmuş örtoği bilan birga yaşamayapti. Uning oilasi qaynotasi bilan bölib ötgan holat sabab ajraliş yoqasiga kelib qolgan.

Jinoyat işlari böyiça Çinoz tuman sudining 2024 yil 16 iyuldagi qarori bilan M.K. Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41-1-moddasida (şahvoniy şilqimlik) nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilgan deb topilgan. Unga nisbatan 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.